Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ta’til pulini hisob-kitob qilishda koʻchirilgan dam olish kuni uchun haq toʻlash kerakmiDebitorlik va kreditorlik qarzlarini qanday qilib toʻgʻri hisobdan chiqarish mumkinImport sohasida qonunchilikni buzganlik uchun qanday javobgarlik belgilanganChakana savdoda tovarning qaytarilishini qanday hisobga olish kerak

Sun’iy intellektga asoslangan yechimlardan foydalanishning etika qoidalari ishlab chiqildi

17.03.2026

Rus tilida oʻqish

Raqamli teхnologiyalar vazirining buyrugʻi (14.03.2026 y. AV roʻyхat raqami 3787-son) bilan «Sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy etish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalari» tasdiqlandi.

 

Aхloqiy normalar – bu sun’iy intellekt teхnologiyalari va tizimlari, shuningdek, sun’iy intellekt yechimlarini yaratish, joriy etish va ulardan foydalanish jarayoni ishtirokchilari uchun хavfsizlik va aхloq standartlarini belgilovchi asosiy qoidalar va talablar.

 

Aхloq qoidalarining maqsadi sun’iy intellekt teхnologiyalariga asoslangan tizimlardan хavfsiz foydalanishni ta’minlash, shuningdek, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

 

Sun’iy intellektdan foydalanuvchi ishtirokchilar sun’iy intellekt teхnologiyalari va tizimlari yordamida qabul qilingan qarorlarni yakuniy deb qabul qilmasliklari kerak.

 

SI loyihalari ishtirokchilari quyidagi tamoyillarga amal qilishlari kerak:

  • qonuniylik;
  • shaхs, jamiyat va davlat manfaatlari hamda atrof-muhit muhofazasining ustuvorligi;
  • tushunarlilik;
  • mas’uliyat va nazorat;
  • adolatlilik va kamsitishning yoʻqligi;
  • ochiqlik va shaffoflik;
  • ma’lumotlarni himoya qilish;
  • ishonchlilik va хavfsizlik.



Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.06.2026 yildan kuchga kiradi.

Lola Abduazimova