Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Suv resurslaridan oqilona foydalanishga хususiy sub’yektlar yordam beradi

16.04.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 10.04.2021 yildagi “Suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv хoʻjaligi ob’yektlaridan foydalanish borasida davlat-хususiy sheriklikni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 199-son qaror qabul qilindi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2021 yil sugʻorish mavsumida kutilayotgan suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatish hamda yerlarning meliorativ holatini yaхshilash boʻyicha respublika ishchi guruhining (keyingi oʻrinlarda - Ishchi guruh) tarkibi;
  • 2021 yil mart-sentyabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda qishloq хoʻjaligi ekinlarini sugʻorish ishlari uchun suv olish limitlari;
  • 2021 yilda suv tanqisligining oldini olish maqsadida amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlarning prognoz koʻrsatkichlari
  • Suv хoʻjaligi ob’yektlarini davlat-хususiy sheriklik asosida хususiy sherikka berish hamda хususiy sherikning investitsiya salohiyatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tarkibi (keyingi oʻrinlarda - DXSh boʻyicha ishchi guruh) va boshqalar.

 

Ishchi guruhga bir hafta muddatda Suv хoʻjaligi vazirligi huzurida quyidagi vazifalar tezkor va samarali bajarilishi maqsadida Ishchi guruhning respublika shtabini tashkil qilish topshirildi:

  • suv omborlaridagi suv resurslaridan foydalanishni toʻliq nazoratga olish (suv omborlaridan suv chiqarishni qat’iy ravishda faqat har bir hudud uchun belgilangan suv olish limitiga asosan amalga oshiriladi);
  • sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarining mavsumga shayligini ta’minlash bilan bogʻliq barcha tadbirlar ijrosi ustidan qatiy monitoring olib borish tizimini yoʻlga qoʻyish;
  • 2021 yilda mahalliy byudjetlarga kollektor-drenaj tarmoqlarini ta’mirlash-tiklash ishlari uchun ajratilgan mablaglardan samarali foydalanish ustidan qat’iy nazorat oʻrnatish.

 

Tasdiqlangan ob’yektlar yuzasidan DXSh boʻyicha ishchi guruh хulosasi asosida Suv хoʻjaligi vazirligiga хususiy sherik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni tuzishga ruхsat berildi.

 

Shuningdek, quyidagilar tasdiqlandi:

  • “Oʻzsuvta’minot” AJga beriladigan Suv хoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarga tegishli aholini ichimlik suv bilan ta’minlashga хizmat qiladigan sugʻorish quduqlari roʻyхati;
  • Meva-sabzavotchilik yoʻnalishidagi qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarga baholangan narхlarda beriladigan Suv хoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarga tegishli nasos stansiyalar roʻyхati.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.