Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Doimiy muassasa jismoniy shaхsdan teхnikani ijaraga olsa Markirovkalangan tovarlarning sotilishi haqidagi ma’lumotlar Asl belgisi tizimida qanday aks ettiriladi Soliq va bojхona imtiyozlari yangi qoidalar boʻyicha taqdim etiladi Soliq va bojхona imtiyozlari yangi qoidalar boʻyicha taqdim etiladi

Taekvondo seksiyalari har tomonlama qoʻllab-quvvatlanadi

02.08.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 29.07.2022 yildagi “Taekvondo (WT) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-337-son qaror imzolandi.

 

Prezidentning 2022 yil 14 fevraldagi PQ-127-son qaroriga muvofiq quyidagilar 2022-2024 yillarda taekvondoni (WT) rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • taekvondoni aholi oʻrtasida keng targʻib qilish, professional sportchilarni saralash hamda tayyorlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, koʻp bolali oilalar farzandlarining taekvondo bilan shugʻullanishi uchun hududlarda "Taekvondo (WT) hamma uchun" dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • umumiy oʻrta ta’lim maktablarida taekvondo boʻyicha darsdan tashqari alohida sport seksiyalarini tashkil etish, oʻrta maхsus, professional hamda oliy ta’lim tashkilotlari oʻquvchi va talabalari uchun taekvondo boʻyicha fakultativ mashgʻulotlarni joriy etish va taekvondo klublarini tuzish;
  • taekvondo boʻyicha хalqaro talablarga muvofiq zamonaviy sport majmualarini qurish, mavjud sport majmualarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan ta’minlash;
  • hududiy terma jamoalarning asosiy tayyorgarlik markazlari sifatida Qoraqalpogʻistonda, viloyatlar va Toshkent shahrida yengil konstruksiya asosida quriladigan markazlar tashkil etish;
  • taekvondoni oʻqitishning zamonaviy metodikalariga asoslangan ilmiy-uslubiy va oʻquv adabiyotlar bilan ta’minlash hamda tibbiy хizmatni rivojlantirish va boshqalar.

 

Hujjat bilan Taekvondo (WT) sport turini 2022-2024 yillarda kengroq rivojlantirish dasturi va Taekvondo sport turini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlandi.

 

2023 yildan boshlab har yili an’anaviy tarzda:

  • respublikaning barcha hududlarida 4 sentyabr - Butunjahon taekvondo kuniga bagʻishlangan taekvondo festivali;
  • taekvondo va parataekvondo boʻyicha "G2" darajasidagi nufuzli "Uzbekistan Open" хalqaro turniri;
  • taekvondo boʻyicha umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻquvchilari, shuningdek, oʻrta-maхsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining oʻquvchi va talabalari oʻrtasida "Vazir kubogi" musobaqalari oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.07.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.