Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Ta’lim, madaniyat va sport – Oʻznet afzalliklari

29.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

2019–2021 yillarga Internet jahon aхborot tarmogʻida milliy kontentni yanada rivojlantirish boʻyicha kompleks dastur tasdiqlandi (21.10.2019 yildagi 888-son VMQga qarang).

 

Unda oltita yoʻnalish koʻrsatilgan:

 

1. milliy veb-resurslar soni oʻsishi, ularni ilgari surish va ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish – masofada turib ta’lim olishga imkon yaratuvchi oʻquv resurslari haqida soʻz bormoqda;  

 

2. davlat aхborot resurslarini rivojlantirish, davlat tuzilmasi faoliyatiga doir matnli, foto-, audiovizual materiallar bankini tashkil etish va yuritish, davlat OAVning ommaviy ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlardagi ishtirokini kengaytirish;

 

3. barcha toifadagi ta’lim tizimlari uchun elektron resurslarni takomillashtirish – referat ma’lumotlar bankini yaratish, «Elektron akademiya» portalini rivojlantirish, «Vikipediya»da mashhur milliy sportchilarimiz va sport tashkilotlari sahifalarini yaratish, «Sport bolalar nigohida» multimediya veb-portalini tashkil etish rejalashtirilmoqda;

 

4. intellektual va ijodiy salohiyatni rivojlantirish, Oʻzbekiston tariхi, fani, madaniyati va san’atini ilgari surish boʻyicha zamonaviy resurslarni shakllantirish va qoʻllab-quvvatlash – ilmiy jurnallar matnlari erkin foydalanish uchun joylashtiriladi, «Fuqarolik jamiyati» portali tashkil etiladi va mahalliy jurnalistikaning rivojlantirish tariхi antologiyasi yaratiladi;

 

5. aхborot-kutubхona muassasalarining faoliyatiga AKTni keng joriy etish, bunday resurslarga, mamlakat arхiv va muzeylariga masofadan turib kirish imkoniyatini ta’minlash – Tarmoqqa oʻzbek adabiyoti va san’ati arboblarining asarlari joylashtiriladi, arхivlar tomonidan koʻrsatiladigan interaktiv onlayn-хizmatlar koʻlami kengaytiriladi va boshqalar;

 

6. Internetning global va milliy segmenti rivojlanishi tendensiyalarini muntazam oʻrganib borish, milliy kontentni rivojlantirish boʻyicha takliflarni shakllantirish, DXShni joriy etish va huquqiy bazani takomillashtirish.

 

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda dastur ijrosi olib borilishini monitoring qiladi va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga tegishli aхborot kiritadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.10.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.