Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Ta’lim toʻgʻrisidagi hujjatlarning namunalari tasdiqlandi

25.11.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 19.11.2020 yildagi “Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim toʻgʻrisidagi hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida” 734-son qarorni qabul qildi.

 

Qaror bilan:

  • Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim toʻgʻrisidagi diplomlarning davlat namunalari va tavsifi;
  • Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim toʻgʻrisidagi diplomlar ilovasining davlat namunasi;
  • Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim muassasalarida qoʻshimcha kvalifikatsiyalarni egallash boʻyicha sertifikatning davlat namunasi va tavsifi;
  • Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim muassasalarida beriladigan akademik ma’lumotnomaning davlat namunasi tasdiqlandi.

 

Diplomlar va ularning ilovalari, sertifikat blankalarini tayyorlash bilan bogʻliq хarajatlarni moliyalashtirish aniq hisob-kitoblarga asosan 2021 yildan boshlab Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.

 

Diplomlar va ularning ilovalari, sertifikat blankalari (dublikat berish holatlari bundan mustasno) bitiruvchilarga, akademik ma’lumotnomalar esa - oʻqishdan chetlatilgan oʻquvchilarga bepul beriladi.

 

MB huzuridagi "Davlat belgisi" DUK hujjatlar Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining buyurtmasi boʻyicha muhofazalangan maхsus qogʻozlarda shartnoma asosida tayyorlab berilishini ta’minlashi lozim.

 

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga 3 oy muddatda Davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan diplomlar hamda sertifikat blankalariga individual QR-kod qoʻyish tizimi hamda uning dasturiy ta’minoti ishlab chiqilishini ta’minlash topshiriladi.

 

Vazirlar Mahkamasining qarori Prezidentning "Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son Farmonini amalga oshirish doirasida qabul qilingan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Miryoqub Haydarov.