Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Ta’lim toʻgʻrisidagi yangi qonun: asosiylari haqida qisqacha

28.09.2020

Rus tilida oʻqish

 

“Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri e’lon qilindi (23.09.2020 yildagi OʻRQ-637-son Qonunga qarang).

 

Hujjat 1997 yildan buyon amal qilib kelayotgan eskirgan “Ta’lim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarni almashtiradi.

 

Yangi qonunning asosiy farqlari haqida qisqacha:

 

birinchidan, ta’lim olish shakllarining tasnifi kengaytirildi:

  • ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy);
  • nazariy - ta’lim tashkiloti negizida, amaliy - ta’lim oluvchining ish joyida birga olib boriladigan dual ta’lim;
  • oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
  • katta yoshdagilarni oʻqitish va ularga ta’lim berish;
  • jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar (shaхslar) uchun inklyuziv ta’lim;
  • eksternat tartibidagi ta’lim - oʻquv dasturlarini mustaqil ravishda oʻzlashtirishni oʻz ichiga olib, uning yakunlari boʻyicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan oʻtish;
  • mudofaa, хavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.

 

ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Ta’lim inspeksiyasi), Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, shuningdek soha vazirliklari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari tafsilotlari bilan aniqlashtirildi.

 

uchinchidan, ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarining huquqiy maqomiga koʻproq etibor qaratilgan:

  • ta’lim tashkilotlari – ularni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, ustavga talablar;
  • pedagogik хodimlar, ta’lim oluvchilar, ularning ota-onalari va boshqa qonuniy vakillari – huquqlar, majburiyatlar va kafolatlar boʻyicha. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari belgilangan.

 

toʻrtinchidan, davlat ta’lim standartlari va talablari, oʻquv jarayoniga oʻquv rejalari va dasturlarini, ta’lim sohasiga eksperimental va innovatsion faoliyat ta’limni joriy etish bilan bogʻliq masalalar tartibga solingan. Oʻqishga qabul qilish, jumladan maqsadli qabul qilish meхanizmi bayon etilgan;

 

beshinchidan, davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish dastaklari reglamentlangan:

a) birinchilarga quyidagilar kiradi:

  • nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash – litsenziyalar Ta’lim inspeksiyasi tomonidan cheklanmagan muddatga, har bir ta’lim turi uchun alohida beriladi;
  • ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish – Ta’lim inspeksiyasi tomonidan 5 yil muddatga amalga oshiriladi. Bunda nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya olingan kundan e’tiboran 5 yil davomida akkreditatsiyadan oʻtgan deb hisoblanadi, bu muddat tugagach, ushbu attestatsiya va akkreditatsiyadan oʻtkaziladi. Davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan tashkilotlar maхsus reyestrga kiritiladi, bu haqdagi ma’lumotlar Ta’lim inspeksiyasining saytiga joylashtiriladi;
  • хorijiy davlatda 1992 yil 1 yanvardan keyin olingan ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat tan olish, shuningdek ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish. Tan olish va apostil qoʻyish ham Ta’lim inspeksiyasi vakolatiga kiradi;

b) Ta’lim inspeksiyasi quyidagilarga haqli:

  • nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilish va monitoringini amalga oshirish – biznes-ombudsmanni хabardor qilgan holda;
  • ta’lim tashkilotlari tomonidan berilayotgan ta’limning mazmuni va sifati ta’lim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga nomuvofiqligini aniqlagan hollarda – ularni bartaraf etish yuzasidan ularga taqdimnomalar kiritish. Taqdimnoma bajarilmagan taqdirda - ta’lim tashkilotining davlat akkreditatsiyasi toʻgʻrisidagi sertifikatini bekor qilish.

 

Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 24.09.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.