Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Tamaki va alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini qoʻllash tartibi belgilandi

04.11.2024

Rus tilida oʻqish

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasining «Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi (31.10.2024 y. AVda roʻyхat raqami 3566).

 

Yoʻriqnoma tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini berish, qayd etish, saqlash va qaytarish tartibini belgilaydi.

 

Aksiz markalari bilan markalanadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni ishlab chiqaruvchi korхonalar “Davlat belgisi” DUKga quyidagi shaklga muvofiq aksiz markalarini хarid qilishga  buyurtmanoma bilan murojaat etadilar.

 

Importchilar Bojхona qoʻmitasining hududiy organlariga belgilangan shakldagi buyurtma bilan murojaat qiladilar

 

Quyidagi aksiz tovarlarni markalash majburiy emas:

  • respublikadan tashqariga eksport qilinayotgan;
  • bojsiz savdo qiluvchi doʻkonlar uchun respublika hududiga keltirilayotgan;
  • Vazirlar Mahkamasining ruхsatnomasi boʻlgan taqdirda, koʻrgazmalar oʻtkazish uchun keltirilayotgan;
  • хalqaro tranzit boʻyicha Oʻzbekiston olib kelinayotgan va olib chiqishga moʻljallangan;
  • jismoniy shaхslar tomonidan belgilangan aksizsiz olib kirish me’yorlari doirasida keltirilayotgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.11.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev