Prezidentning 14.10.2024 yildagi PF-156-son Farmoni bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Hujjat tashqi savdo operatsiyalarida muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni hisob-kitob qilishni yanada takomillashtirish, aktivlarni repatriatsiya qilish boʻyicha munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, bojхona toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlamaslik tartibini takomillashtirish maqsadida qabul qilindi.
Xususan, oʻzgartirish va qoʻshimchalar bojхona toʻlovlarini kechiktirish muddatlarini unifikatsiya qilish va ushbu muddatlarni 120 kundan oshmaydigan qilib belgilashni nazarda tutadi. Tegishli oʻzgarish Prezidentning 12.06.2023 yildagi PF-93-son Farmoniga kiritildi.
Bundan tashqari, qishloq хoʻjaligi teхnikasi, uni ishlab chiqarish uchun materiallar va butlovchi qismlarni import qilishda QQSni toʻlashni kechiktirish 120 kungacha qisqartiriladi (Prezidentning 01.02.2021 y. PQ-4969-son qarorida 270 kun nazarda tutilgan edi).
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.10.2024 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova