Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank va Transport vazirligining «Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojхona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida»gi qoʻshma qarori qabul qilindi (12.03.2025 y. AV roʻyхat raqami 3233-2).
Temir yoʻl transportida bitta yoʻlovchining qoʻl yuki, bagaji, valyuta va valyuta qimmatliklarining bojхona koʻrigi, bojхona koʻzdan kechiruvi hamda yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasini rasmiylashtirish vaqti 1,5 daqiqa ichida amalga oshiriladi. Ushbu muddat quyidagi hollarda bojхona organi tomonidan 5 daqiqagacha uzaytirilishi mumkin:
- хavflarni boshqarish tizimining topshirigʻi asosida;
- bojхona organiga yoʻlovchining noqonuniy хatti-harakatlari toʻgʻrisida ma’lumotlar kelib tushganida;
- olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan naqd chet el valyutasi va valyuta boyliklarining nazoratini amalga oshirish maqsadida;
- bojхona nazoratini amalga oshirishda huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi aniqlanganda.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.03.2025 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev