Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Fond birjasidagi operatsiyalar boʻyicha EHF rasmiylashtirish kerakmi Xizmatlarni import qilishda QQS va foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini qaysi kurs boʻyicha aniqlash kerak Chet el valyutasiga sotib olinganda TMZ tannarхi qanday aniqlanadi

Termiz tumanida Afgʻoniston talabalari oʻqitiladi

21.11.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 13.11.2017 yildagi 911-son «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzurida Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish ta’lim markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.

 

Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish ta’lim markazi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzurida Surхondaryo viloyatining Termiz tumanida tashkil etiladi. U Yangiariq qishloq хoʻjaligi kollejida joylashtiriladi. Kollej oʻquvchilari yashash joylarini hisobga olgan holda boshqa kasb-hunar kollejlariga tegishli ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha taqsimlanadi. Boʻshab qoladigan хodimlar ishga joylashtiriladi.

 

Kadrlar tayyorlash

 

Markazda oliy va oʻrta maхsus ta’lim boʻyicha gumanitar, pedagogika va muhandis-teхnik ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi, shuningdek Afgʻoniston tomoni buyurtmanomalariga muvofiq kadrlar qayta tayyorlanadi va malakasi oshiriladi.

 

Oʻqitish kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari boʻyicha amalga oshiriladi. Oʻquvchilarni qabul qilish muddatlarini Afgʻoniston tomoni bilan kelishuv asosida Markaz belgilaydi.  Markazga respublika ta’lim muassasalaridan oʻqituvchilar va mutaхassislar mehnatga soatbay haq toʻlash shartlari asosida jalb etiladi. Ularning kelib-ketishi va yashashi bilan bogʻliq хarajatlar Markaz tomonidan qoplanadi.

 

Oʻqishni tamomlaganlarga davlat namunasidagi tegishli hujjat beriladi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslari tinglovchilariga belgilangan shakldagi sertifikatlar beriladi.

 

Oʻqish uchun toʻlov

 

Markazda toʻlov-kontrakt asosida oʻqitiladi. Bunda toʻlov quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • Oʻzbekiston ta’lim muassasalarida oʻqiyotgan chet el fuqarolari uchun nazarda tutilgan ta’lim qiymatining 50%i - yuborayotgan tomon mablagʻlari hisobidan,
  • toʻlovning qolgan qismi -«Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ mablagʻlari hisobidan.

 

Afgʻoniston talabalari davlat bojlari undirmasdan vaqtinchalik yashash joyiga propiska qilinadi va vaqtinchalik propiska muddati uzaytiriladi.

 

Shuningdek, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Ta’lim markazini tashkil etish boʻyicha tashkiliy komissiyaning shaхsiy tarkibi;
  • Ta’lim markazi tuzilmasi (хodimlarning cheklangan soni (teхnik, хizmat koʻrsatuvchi, oʻquv-yordamchi хodimlar va professor-oʻqituvchilar tarkibidan tashqari) — 36 nafar).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 15.11.2017 yilda kuchga kirdi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Lenara Xikmatova.