Vazirlar Mahkamasining 10.05.2017 yildagi 266-son qarori bilan Sogʻliqni saqlash vazirligining Salomatlik va tibbiy statistika instituti va uning hududiy filiallari qayta tashkil etildi.
Endi ushbu muassasa — Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti va uning hududiy boʻlinmalari. Muassasaga quyidagi vakolatlar berilgan:
- tibbiyot aхboroti va statistikasini shakllantirish, Davstatqoʻm bilan birgalikda sogʻliqni saqlash tizimida sogʻliqni saqlashning barcha tashkilotlari uchun yagona davlat va idoraviy hisobot shakllarini ishlab chiqish boʻyicha metodologik va tartibga soluvchi markaz funksiyalarini ijro etish;
- tasdiqlangan shakllar boʻyicha Davstatqoʻmdan — davlat statistikasi, sogʻliqni saqlash davlat tizimining bevosita tibbiyot tashkilotlaridan — idoraviy statistika boʻyicha barcha zarur tibbiyot aхborotini olish;
- kasalliklar koʻpaygan holatlarda sabablari va qonuniyatlarini aniqlash uchun, shuningdek ularning oldini olish va ular profilaktikasi chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun joylarning oʻziga chiqib zarur qoʻshimcha tekshirishlar oʻtkazish;
- fuqarolarning sogʻligʻini mustahkamlash va saqlash, tegishli hududlarda aholining kasalliklarga chalinishining oldini olish va ular profilaktikasi boʻyicha takliflar va tavsiyalar kiritish;
- sogʻliqni saqlash tizimini, aholi sogʻligʻini mustahkamlash va saqlash sohasidagi normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish.
Shu bilan birga kelgusi yilning 1 yanvarigacha sogʻliqni saqlash tizimi muassasalari faoliyati koʻrsatkichlari toʻliq qamrab olinishini nazarda tutuvchi statistika hisobotining yagona elektron tizimi ishlab chiqilishi kerak. Unga barcha tibbiyot muassasalari ulanadi.
ITI Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 38-uy manzilida joylashadi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.