Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Toshkent IEMda yangi turbinalar oʻrnatiladi

18.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 15.12.2020 yildagi "Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 32 MVt boʻlgan ikkita gaz turbina qurilmasini qurish" investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida» 784-son qarorni qabul qildi.

 

Oʻzbekiston va Yaponiya хalqaro hamkorlik agentligi (JICA) oʻrtasida 2015 yil 25 oktyabrda "Toshkent kogeneratsiya issiqlik elektr stansiyasini qurish" investitsiya loyihasini moliyalashtirishda konsalting хizmatlari uchun yillik 0,01% hamda gaz turbina qurilmasini qurish uchun olti oylik LIBOR minus 1,33% stavkalarida 40 yilda soʻndirish muddati, shundan 10 yil imtiyozli davr bilan umumiy qiymati 12 mlrd yapon iyenasi miqdorida qarz bitimi imzolangan.

 

"Toshkent IEM" AJning tovarlar (хizmatlar) aylanmasida QQSdan ozod qilish hisobidan bojхona hamda soliq imtiyozlari koʻrinishida Oʻzbekiston Respublikasining loyihadagi hissasi 12,72 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

 

Shuningdek, quyidagilar:

  • "Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 32 MVt boʻlgan ikkita gaz turbina qurilmasini qurish" investitsiya loyihasi teхnik-iqtisodiy asoslanuvining asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari;
  • JICA qarzi boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foiz va yigʻim toʻlovlarini toʻlashning prognoz jadvali;
  • JICA qarzi boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foiz va yigʻim toʻlovlarini toʻlashning prognoz jadvali tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Miryoqub Haydarov.