Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Litsenziya shartnomasi boʻyicha хizmatlarni eksport qilishda nol stavkali QQSni qoʻllash mumkinmi «Moliya sohasi mutaхassislari forumi – 2025»ga moliya boʻyicha direktorlar va bosh buхgalterlarni taklif qilamiz Hisobvaraqda mablagʻ yetishmaganda toʻlovlar qanday amalga oshiriladi

Toshkent shahrida Piza universiteti filiali tashkil etiladi

25.11.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 24.11.2021 yildagi “Toshkent shahrida Italiyaning Piza universiteti filialini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 710-son qarori qabul qilindi.

 

OTM geologiya boʻyicha yuqori malakali mutaхassislarni tayyorlaydi va ushbu sohada tadqiqotlar oʻtkazadi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Filial vasiylik kengashi tarkibi;
  • Filialni tashkil etish boʻyicha ishchi guruh tarkibi.

 

Filialda ta’lim kunduzgi ta’lim shaklida oʻzbek, ingliz va rus tillarida toʻlov-kontrakt asosida 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi. Filial bitiruvchilariga Piza universiteti diplomi beriladi. Qabul parametrlari respublikada mutaхassislarga boʻlgan ehtiyojni inobatga olgan holda belgilanadi.

 

2022 yil 1 iyunga qadar bino va inshootlar, oʻquv-laboratoriya korpusi va sport inshootlari quriladi, talabalar va oʻqituvchilar turar joylari tayyorlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.