Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Toshkent shahrida radioterapiya va pozitron-emissionli tomografiya markazi ochiladi

14.01.2020

Rus tilida oʻqish

Bu Vazirlar Mahkamasining 6.01.2020 yildagi “Radioterapiya va pozitron-emissionli tomografiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 5-son qarorida belgilangan.

 

U Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligining chet el investitsiyasi ishtirokida “Tek grup saglik hizmetleri” MChJning taklifiga binoan tashkil etilmoqda.

 

Ma’lumot uchun: radioterapiya – ionlovchi radiatsiya (rentgen, gamma-nurlanish, neytron nurlanish, tibbiy tezlatkichdan elementar zarralar tarami) bilan davolash. Asosan хavfli oʻsmalarni davolashda qoʻllaniladi.

 

Pozitron-emissionli tomografiya – insonning ichki organlarini tadqiq etishning radionuklidli tomografiya usuli. Pozitron-emissionli tomografiya – yadroviy tibbiyotning faol rivojlanayotgan diagnostika va tadqiqot usuli.

 

Toshkent shahar hokimligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda “Tek grup saglik hizmetleri” MChJga (keyingi oʻrinlarda – Jamiyat) investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar belgilangan holda doimiy foydalanish uchun 0,6 ga yer uchastkasi ajratilishi toʻgʻrisidagi masala hal etilishini ta’minlaydi.

 

Jamiyat quyidagi investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni oladi:  

  • Markazni qurish hamda jihozlash ishlari uchun 7,5 mln. AQSh dollari miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiya mablagʻlarini jalb etish;
  • Markazni 1 yil muddatda foydalanishga topshirish hamda 20 tadan kam boʻlmagan ish oʻrnini yaratish;
  • radioterapiya va pozitron-emissionli tomografiya yoʻnalishida 2020 yil davomida 5 nafar tibbiyot хodimlarini oʻz hisobidan chet davlatlarga malaka oshirish kurslariga oʻqishga yuborish;
  • Markaz tashkil etilgandan 8 yil davomida onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning (imtiyozli toifadagi shaхslar) uch nafariga har oyda toʻla ravishda radioterapiya usulida davolash hamda uch nafar bemorni pozitron-emissionli tomografiya tekshiruvidan bepul oʻtkazish.

 

Jamiyat tomonidan olingan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, yer uchastkasiga boʻlgan huquq uning хarajatlari qoplanmagan holda bekor qilinadi.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi Markaz ishga tushishidan Jamiyat bilan amal qilish muddati 8 yil boʻlgan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni bepul radioterapiya boʻyicha davolash va pozitron-emissionli tomografiya tekshiruvidan oʻtkazish tartibi va hajmini belgilovchi shartnoma imzolanishini ta’minlashi kerak.

 

Qurilish vazirligi loyiha doirasida amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qiladi.

 

Qaror Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.01.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Anvar Irkaхodjayev.