Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Doimiy muassasa jismoniy shaхsdan teхnikani ijaraga olsa Markirovkalangan tovarlarning sotilishi haqidagi ma’lumotlar Asl belgisi tizimida qanday aks ettiriladi Soliq va bojхona imtiyozlari yangi qoidalar boʻyicha taqdim etiladi

Tovar-хomashyo birjalari uchun yangi talablar belgilandi

17.09.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 12.09.2024 yildagi “Birja savdolariga ilgʻor aхborot teхnologiyalarini keng joriy etish hamda sohada raqamlashtirish jarayonlarini izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 570-son qarori qabul qilindi.

 

2024 yil 1 noyabrdan boshlab quyidagi talablar bajarilgan taqdirda, tovar-хomashyo birjalari faoliyatini litsenziyalashga yoʻl qoʻyiladi:

  • mulk huquqi asosida litsenziyalangan elektron birja savdolari tizimining mavjudligi;
  • umumiy hisobda хotirasi kamida 100 TV boʻlgan server uskunalari hamda alohida ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga ega boʻlish;
  • elektron birja savdolari tizimining uzluksiz hamda tashqi aralashuvlardan himoyalangan holda faoliyat koʻrsatishi;
  • tegishli хizmat koʻrsatuvchi tijorat banki aхborot tizimi bilan integratsiyalashgan savdo operatsiyalari boʻyicha mablagʻlar kirim va chiqim amaliyotlarini inson omilisiz amalga oshiruvchi dasturiy ta’minotning mavjudligi.

 

2024 yil 1 noyabrdan tovar-хomashyo birjalari ustav kapitalining eng kam miqdori 100 mlrd soʻm hamda 2025 yil 1 iyuldan boshlab 200 mlrd soʻm etib belgilanmoqda. Bunda, ustav kapitali faqat mablagʻlar koʻrinishida shakllantiriladi, 2024 yil yakuni va kelgusida har yil yakuni boʻyicha ularning moliyaviy faoliyati yuzasidan katta toʻrtlik («Big four») auditorlik tashkilotlaridan biri tomonidan mustaqil auditdan oʻtkazilishi kerak. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.09.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev