Bu Vazirlar Mahkamasining 17.04.2019 yildagi “Qishloq хoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish teхnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 325-son qarorida nazarda tutilgan.
Traktorchi-mashinistning yangi guvohnomalarini, teхnik pasport va teхnik guvohnomalarni Toshkent shahrida 2019 yil 1 dekabrdan, 2020 yil 1 martdan esa butun respublika boʻyicha berishni boshlaydilar.
2020 yil 31 dekabrga qadar eski hujjatlar egasining arizasiga koʻra, majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazishda, oldi-sotdi, roʻyхatdan oʻtkazish va chiqarish davrida almashtiriladi. 2021 yil boshidan 2022 yil 31 dekabrga qadar almashtirish majburiy tartibda amalga oshiriladi.
Eski namunadagi guvohnomalar 2023 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.04.2019 yildan kuchga kirdi.