Vazirlar Mahkamasi Toshkent viloyatidagi sanoat shaharlari: Olmaliq, Angren va Chirchiqning bosh rejalarini tasdiqladi (VMning 31.01.2019 yildagi 68, 69, 70-son qarorlariga qarang).
Avvalgilari qabul qilinganiga yigirma yildan oshganligi sababli (Olmaliqniki – 1978 yilda, Angrenniki – 1973 yilda, Chirchiqniki – 1992 yilda) bu masala dolzarb hisoblanadi.
Olmaliq va Chirchiqning yangi bosh rejalari 2035 yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan.
Olmaliqda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
- yer osti suvlari darajasini pasaytirish uchun shahar hududini muhandislik jihatidan tayyorlash;
- shaharning markaziy qismini rekonstruksiya qilish (ijtimoiy-madaniy, tadbirkorlik infratuzilmasi ob’yektlari barpo etiladi);
- ekologik zararli ob’yektlarni shahar tashqarisiga olib chiqish;
- resurs tejaydigan zamonaviy teхnologiyalarni hisobga olgan holda muhandislik infratuzilmasini qayta tashkil etish va modernizatsiya qilish;
- hududlar va transport arteriyalarini kompleks obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish;
- barcha zarur muhandislik kommunikatsiyalari bilan ta’minlanishini hisobga olgan holda yangi turar joy massivlarini joylashtirish.
Chirchiqda sanoat ob’yektlarini shahar tashqarisiga olib chiqish rejalashtirilmayapti.
Angrenni rivojlantirishning bosh rejasi 2023 yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan. Unda mavjud korхonalarni rekonstruksiya qilish va loyihada nazarda tutilgan hajmda quvvatini oshirish, koʻmir sanoatini va u bilan birga kavlab olinadigan foydali qazilmalarni qayta ishlashni, qurilish materiallari ishlab chiqarishni, oziq-ovqat sanoati ob’yektlarini rivojlantirish nazarda tutilgan.
Ushbu davrda uchala shaharda turar joylar, ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari, yoʻllar, vodoprovod, kanalizatsiya tarmoqlari, gaz quvurlari va h.k. foydalanishga topshirgan holda katta hajmdagi qurilish ishlarini olib borish moʻljallanmoqda.
Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.02.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Gayevoy.