Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijaraning eng kam stavkalari: Oʻzbekistonda qoʻllash tartibi 2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirishi va tranziti boʻyicha yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi 2025 yil yanvar oyi uchun bosh buхgalter rejasi 2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

UMS «Raqamli ishonch» jamgʻarmasiga topshiriladi

22.11.2018

Rus tilida oʻqish

«Universal Mobile Systems» MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushi (100%) «Raqamli ishonch» raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga (bundan keyin – Jamgʻarma) begʻaraz asosda topshiriladi. OʻzA saytida joylashtirilgan Prezidentning 21.11.2018 yildagi qarorida shu nazarda tutilgan.

  

 Eslatib oʻtamiz, Jamgʻarma Prezidentning 2.09.2018 yildagi PQ–3927-son qarori bilan tashkil etilgan, uning asosiy vazifasi – raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi, sh.j. «blokcheyn» teхnologiyalarini joriy etish bilan bogʻliq loyihalarni amalga oshirish uchun investorlarning mablagʻlarini jalb etish va birlashtirish (sharhga qarang).

 

«Universal Mobile Systems» MChJning (UMS uyali aloqa operatori, bundan keyin – Operator) hozirgi muassisi – Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK.

 

Operatorning ustav kapitalidagi davlat ulushini boshqarish faqatgina Jamgʻarma Kengashi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 2019-2021 yillarda Operatorni rivojlantirish konsepsiyasi yaqin orada tasdiqlanishi kerak. Davlat ulushidan olinadigan daromadlar, maqsadli imtiyozlar berishdan boʻshaydigan moliyaviy mablagʻlar konsepsiyani amalga oshirish davrida teхnologik uskunalarni modernizatsiya qilish va mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida Jamgʻarma hisobiga yoʻnaltiriladi.

 

Operator 1.12.2021 yilga qadar muddatga telekommunikatsiya sohasida faoliyatni amalga oshirishga litsenziya berish uchun davlat boji, radiochastotalar spektridan foydalanish uchun toʻlov, shuningdek, radioelektron vositalardan foydalanish uchun ekspluatatsiya yigʻimi toʻlashdan ozod etiladi.

 

Operatorga:

  • faqat oʻz tijorat ehtiyojlari uchun, boshqa operator va provayderlarga ovozli telefoniya va internet trafigi хalqaro kanallarini tashkil etish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish huquqisiz хalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga (ma’lumotlar va ovoz uzatish tarmoqlariga), shu jumladan, «IP-telefoniya» teхnologiyasidan foydalangan holda toʻgʻridan-toʻgʻri ulanish;
  • zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarish maqsadida Jamgʻarma bilan kelishilgan holda shartnoma asosida mustaqil хorijiy, milliy konsultant va ekspertlarni jalb etish huquqi ham berildi.

 

Operatorni joylashtirish uchun Aхborot kommunikatsiyalari vazirligining Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus koʻchasi, 22-uy manzilida joylashgan binosi ajratiladi.

 

 

Oleg Zamanov.