Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Oʻquvchilar boshlangʻich harbiy tayyorgarlikka qanday oʻqitiladi

13.11.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 08.11.2023 yildagi 591-son qarori bilan Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Prezidentning 2023 yil 28 fevraldagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:

  • Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Ta’lim muassasalarining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻquv-moddiy bazasini 2024-2028 yillarda bosqichma-bosqich mustahkamlash dasturi.

 

Nizomning normalari umumiy oʻrta va oʻrta maхsus ta’lim hamda boshlangʻich professional ta’lim muassasalariga tatbiq etiladi.

 

Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 10-11-sinf oʻquvchilari va boshlangʻich professional ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi oʻquvchi-yoshlar bir oʻquv yili mobaynida mamlakat mudofaa va milliy хavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlarining asosiy talablari bilan tanishadilar. 

 

Mashgʻulotlarda Qurolli Kuchlarning asosiy vazifalari, umumharbiy nizomlari talablari, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, ommaviy qirgʻin qurolidan himoyalanish koʻnikmalari va boshqalar tushuntiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.11.2023 yildan kuchga kirdi.

 

 Lola Abduazimova.