Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Urganchda keramik-shisha idishlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi

15.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Xorazm viloyati hududida boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari qabul qilindi (7.04.2020 yildagi 205-son VMQga qarang).

 

Urganch shahrida (Amudaryo koʻchasi, 1/4-uy) joylashgan umumiy maydoni 2,23 ga boʻlgan Xorazm trolleybus boshqarmasi binosining bir qismi zamonaviy keramik-shisha idishlar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish uchun "Orient Ceramik" MChJga sotiladi. Oldi-sotdi shartnomasi bir oy muddatda rasmiylashtiriladi.

 

Investor quyidagi investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:

  • bir yil muddatda ob’yektni sotib olish uchun 1 mlrd. soʻm toʻlash;
  • ikki yil muddatda 3 mln AQSh dollari miqdoridagi investitsiya kiritish orqali idishlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
  • kamida 180 nafar yangi ish oʻrinlari tashkil etish.

 

Investor tomonidan zarur toʻlovlar toʻlangan hamda oʻz zimmasiga olingan majburiyatlar bajarilgandan keyin unga ob’yektni tasarruf etish huquqi taqdim etiladi, bu haqda mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderiga tegishli belgi kiritiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.04.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.