Prezident tomonidan 29.08.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-950-son Qonun imzolandi
Uy-joy kodeksiga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga muvofiq, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Bunda uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u koʻrgan zararlarning oʻrni oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.08.2024 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev