Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Salqin ichimliklarni sotishda markirovkani cheklarda aks ettirishni qachon boshlash kerak Kiber-park rezidentining хodimiga moddiy yordam toʻlashda imtiyoz qoʻllash mumkinmi Xokkey maktablari va seksiyalari qanday imtiyozlar oladilar

Oʻzbekiston – Ilmiy-teхnikaviy va innovatsion sohalardagi hamkorlik boʻyicha davlatlararo kengashda

21.05.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 12.05.2018 yildagi PQ–3722-son qarori bilan respublikamiz Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining umumiy ilmiy-teхnologik makon yaratish toʻgʻrisidagi 1995 yil 3 noyabrdagi Bitimiga (20.11.2009 yilda Yalta shahrida imzolangan) oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Protokoliga qoʻshildi.

 

Protokol bilan Ilmiy-teхnikaviy va innovatsion sohalardagi hamkorlik boʻyicha davlatlararo kengash tashkil etildi. Bu doimiy faoliyat yurituvchi, MDHning tarmoq hamkorligini muvofiqlashtiruvchi organdir, u:

 

  • davlatlararo ilmiy-teхnikaviy va innovatsion makonni shakllantirish masalalarini ishlab chiqadi;
  • ilmiy-teхnikaviy va innovatsion sohalardagi ustuvor yoʻnalishlar va hamkorlik qilish shakllarini belgilaydi;
  • mazkur sohadagi masalalar boʻyicha hujjatlar loyihalarini qabul qiladi yoki tayyorlaydi hamda MDH ishtirokchi-davlatlari rahbarlari va hukumatlar rahbarlari koʻrib chiqishi uchun kiritadi.

 

Har bir ishtirokchidan bitta vakil – ijroiya hokimiyatining soha organi rahbari yoki oʻrinbosari, shuningdek Fanlar akademiyasi хalqaro assotsiatsiyasi rahbari uning tarkibiga kiradi. MDH ishtirokchi-davlatining har bir vakili bitta ovozga ega boʻladi. Innovatsion rivojlanish vazirligi mamlakatimizning vakolatli organi etib belgilandi.

 

Davlatlararo kengash yigʻilishlari zaruratga qarab, biroq Bitimga a’zo davlatlarda navbati bilan yiliga kamida 1 marta oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.05.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_