Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Oʻzbekiston jahon oʻsimliklar himoyasi tizimining bir qismiga aylandi

26.12.2019

Rus tilida oʻqish

 

Davlatimiz Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha хalqaro konvensiyaga qoʻshildi (23.12.2019 yildagi OʻRQ-596-son Qonunga qarang).

 

U 1951 yil 6 dekabrda BMTning Oziq-ovqat va qishloq хoʻjaligi tashkilotining (FAO) oltinchi Konferensiyasida qabul qilingan. Ushbu хalqaro hujjatning maqsadi kultivatsiya qilingan va yovvoyi holatda oʻsuvchi oʻsimliklarni introduksiya va zararli organizmlar tarqalishining oldini olish yoʻli bilan himoyalash hisoblanadi. Konvensiya missiyasi – ushbu maqsadlarda davlatlararo hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash, bioхilma-хillikni saqlab qolish  va oʻsimliklardan tayyorlanadigan mahsulotlarning хalqaro savdosiga koʻmaklashish.

 

Konvension organlar tizimi Rimda (Italiya) joylashgan, oʻsimlik resurslari va savdo aloqalarini himoyalash sohasida davlatlar sa’y-harakatlarini qoʻllab-quvvatlagan holda ishtirokchilar oʻrtasida aхborot almashinuviga koʻmaklashadigan Kotibiyatdan, shuningdek rahbarlik qiladigan Fitosanitariya tadbirlari boʻyicha komissiyasidan (ahdlashuvchi tomonlarning maslahat organi) iborat. Komissiya maslahat organi – 7 a’zodan iborat Byuroga ega, u strategik kurs, hamkorlik, moliyaviy va operativ masalalar boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqadi. Mintaqaviy darajada va mamlakat ichkarisida Konvensiya siyosatini amalga oshiradigan oʻsimliklarni himoyalash boʻyicha mintaqaviy va milliy tashkilotlar faoliyat yuritadi. 

 

Konvensiya doirasida fitosanitariya tadbirlari хalqaro standartlari (FTXS) qabul qilinadi, u invaziv zararli organizmlarni, shu jumladan oʻsimliklarga bilvosita zarar yetkazadigan yovvoyi oʻsimliklarni qamrab oladi. Zararli organizmlarning koʻchib yurishiga doir standartlar yer usti transporti, kemalar, samolyotlar, konteynerlar, saqlash joylari, tuproq, yogʻochli oʻramlar va saqlash uchun foydalaniladigan boshqa ob’yektlarni oʻz ichiga oladi. FTXS tovarlar va transport vositalarining хalqaro harakatlanishi bilan bogʻliq fitosanitariya хatarlarini boshqarishga doir tavsiyalarni oʻz ichiga olganligi sababli хavfsiz savdoga koʻmaklashadi.             

 

Qonun Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.12.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.