Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Oʻzbekiston Jeneva protokoliga qoʻshildi

29.06.2020

Rus tilida oʻqish

 

2020 yil 26 iyundagi OʻRQ-623-son tegishli Qonun e’lon qilindi.

 

Boʻgʻuvchi, zaharli yoki boshqa shu kabi gazlar va bakteriologik vositalarning urushda qoʻllanilishini taqiqlash toʻgʻrisidagi Protokol (Jeneva, 1925 yil 17 iyun) qabul qilindi, bundan kelib chiqib:

  • bunday turdagi harakatlar sivilizatsiyalashgan dunyodagi jamoatchilik tomonidan adolatli ravishda qoralangan;
  • ushbu taqiq dunyodagi aksariyat yirik mamlakatlar ishtirokidagi shartnomalarda bayon etilgan;
  • umume’tirof etilgan ushbu taqiq хalqaro huquqda qayd etilishi hamda хalqlar vijdoni va amaliyotida majburiy talab boʻlishi lozim.

 

Avval yozganimizdek, Jeneva protokoli – Bakteriologik (biologik) va toksik qurollar zaхiralarini tayyorlash, ishlab chiqarish va yigʻishni taqiqlash hamda ularni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi konvensiyaning (1972 yil 10 aprel, London, Vashington, Moskva) davomi boʻlib, uning normalarini toʻldiradi va aniqlashtiradi.

 

Bugungi kunda 142 ta davlat, shu jumladan Oʻzbekistonning MDH boʻyicha hamkorlari – Armaniston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Ukraina va Qirgʻiziston Jeneva protokoli ishtirokchisi hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.06.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.