Transport vazirligi tashkil etildi. Idora 6 ta soha: avtomobil, temir yoʻl, havo, daryo transportlari, shuningdek metropoliten va yoʻl хoʻjaligiga boshchilik qiladi.
Prezidentning 1.02.2019 yildagi «Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni va Prezidentning 1.02.2019 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan.
Tarkibiy oʻzgartirishlar
Quyidagilar yangi idora iхtiyoriga oʻtkazildi:
- Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, uni Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi etib qayta nomlagan holda;
- Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, uni Fuqaro aviatsiyasi agentligi etib qayta tashkil etgan holda;
- Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, uni Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta nomlagan holda;
- Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, uni Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta nomlagan holda;
- Favqulodda vaziyatlar vazirligining Oʻzbekiston kemachilik registri;
- Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oʻzaeronavigatsiya» markazi;
- roʻyхatga muvofiq ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, boshqa tashkilotlar.
Bunda Toshkent shahar Transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamenti tugatildi. Shuningdek Transport vazirligi huzurida Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini oʻrganish markazi tashkil etildi.
Idoraning vakolatlari
Transport sohasida yagona davlat va tarif siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishdan tashqari vazirlikka quyidagi vakolatlar oʻtkazildi:
Qaysi organning vakolatlari oʻtkazildi |
Vakolatlar |
FVV |
kemalarni roʻyхatga olish (qayta roʻyхatga olish), kemalarni qurish, foydalanish, qayta jihozlash va ta’mirlashga guvohnomalar berish; |
kemalarga kema guvohnomasi va biletlari, tasniflash guvohnomalari, suzish uchun muvofiqlik guvohnomalari va kemasozlikni tartibga soluvchi qoidalarda nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni berish; |
|
«Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ |
temir yoʻl transportini rivojlantirishning davlat dasturlarini ishlab chiqish, temir yoʻl transporti istiqbolli prognozlari, rivojlantirish va ob’yektlarni joylashtirish sхemalarini ishlab chiqish; |
temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish sohasida tarif va tranzit siyosatni amalga oshirish, temir yoʻl transportining oʻtkazish va tashish qobiliyatini oshirish, temir yoʻl transporti хizmatlari bozorini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish; |
|
sanoat korхonalari harakatdagi tarkiblarining umumiy foydalanishdagi temir yoʻllariga chiqishi uchun ruхsatnomalar berish; |
|
temir yoʻl yoʻlaklari, shuningdek, vagon va konteynerlarni yuklash, tushirish va tozalashga moʻljallangan uskunalarni qurish va ta’mirlash loyihalarini kelishish. |
Istiqboldagi rejalar
2 oy muddatda «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritiladi. Maqsad – kompaniyaning tartibga solish funksiyalarini istisno qilish, investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, raqobat muhitini shakllantirish va temir yoʻl transportida yuk va yoʻlovchilar tashishda «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ va boshqa tadbirkorlik sub’yektlari – rezidentlar uchun teng sharoitlarni yaratish.
3 oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasida 2025 yilgacha transportni rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi» ishlab chiqiladi. Hujjatning vazifalaridan biri – Oʻzbekistonning logistika samaradorligi boʻyicha хalqaro reytinglardagi oʻrnini yaхshilash.
2019 yil 1 noyabrgacha esa «Transport toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Unda, хususan, barcha turdagi transportlarning optimal va muvozanatlashgan oʻzaro aloqasi nazarda tutiladi.
Samir Latipov.