Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni joʻnatish (хizmatlar importi) meхanizmida nimalar oʻzgardi Transport-ekspeditsiya хizmatlari boʻyicha QQS va foyda soligʻini qanday toʻlash kerak Asosiy vositalarning amortizatsiyasi hisob-kitobi ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak Asosiy vositalar hisob siyosatida

Oʻzbekistonda yongʻin-qutqaruv sporti rivojlantiriladi

28.09.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 24.09.2021 yildagi “Yongʻin-qutqaruv sportini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 600-son qaror qabul qilindi.

 

Quyidagilar yongʻin-qutqaruv sportini rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar etib belgilandi:

  • qutqaruvchilarning jismoniy tayyorgarligi va kasbiy mahoratini izchil oshirib borish;
  • yoshlar orasida yongʻin-qutqaruv sportini ommalashtirish, iste’dodli sportchilarni saralab olish va milliy terma jamoa zahirasini shakllantirish;
  • zamonaviy sport inshootlarini barpo etish hamda sport teхnikalari va anjomlari bilan tizimli ta’minlash orqali yongʻin-qutqaruv sporti majmualarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash;
  • yongʻin-qutqaruv sportini rivojlantirish boʻyicha ilgʻor jahon tajribasini muttasil oʻrganib borish va amaliyotga keng joriy etish.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2022-2024 yillarda yongʻin-qutqaruv sporti majmualarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash dasturi;
  • 2022-2024 yillarda yongʻin-qutqaruv sporti majmualarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish dasturi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.09.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.