Prezident 24.12.2024 yilda "Yangi yil bayramini nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini koʻchirish toʻgʻrisida"gi PQ-452-son qarorni imzoladi.
Hujjatga koʻra:
● 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun 2025 yil 4 yanvar (shanba) dam olish kuni 2 yanvar (payshanba) kuniga koʻchiriladi.
● 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlari uchun 2 yanvar (payshanba) qoʻshimcha dam olish kuni deb e’lon qilindi.
Bunda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar olti kun, 6 kunlik ish haftasida ishlovchi хodimlar esa ketma-ket besh kun dam oladilar:
● 28 dekabr (shanba) – 5 kunlik ish haftasida ishlovchi хodimlar uchun dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlovchi хodimlar uchun ish kuni);
● 29 dekabr (yakshanba) – umumiy dam olish kuni;
● 30 dekabr (dushanba) – qoʻshimcha dam olish kuni;
● 31 dekabr (seshanba) – qoʻshimcha dam olish kuni;
● 1 yanvar (chorshanba) – bayram dam olish kuni;
● 2 yanvar (payshanba) – 5 kunlik ish haftasi хodimlari uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasi хodimlari uchun qoʻshimcha dam olish kuni.
Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilindi va 24.12.2024 y. kuchga kirdi.
Lola Abduazimova