Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Veterinariya klinikalari va optika salonlarini QQSga oʻtkazish asoslimi Elektromobillarni quvvatlantirish faoliyatiga qanday soliqlar solinadi Qarz oluvchida daromad va хarajatlar qanday hisobga olinadi va soliqqa tortiladi Qarz oluvchida daromad va хarajatlar qanday hisobga olinadi va soliqqa tortiladi

OʻzMAA qayta tashkil etildi, uning maqomi oshirildi

05.02.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 2.02.2019 yildagi Farmoni va qarori bilan mass-media sohasida boshqaruv organlarini qayta tashkil etish nazarda tutilgan. Hujjatlar OʻzAda joylashtirilgan.

 

Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi  (OʻzMAA) negizida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy boshqarmalari bilan tashkil etildi. OʻzMAAning Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi negizida esa Prezident Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi tashkil etiladi.

 

Agentlik - aхborot sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi hamda OAV, matbuot, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vakolatli organ. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari aхborot sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi barcha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilot va idoralar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

Aхborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining fonogrammalar va audiovizual asarlarni tarqatish (sotish, ijaraga berish va omma e’tiboriga yetkazish)da mualliflik huquqlari sohasidagi qonunchilikka va normativ hujjatlarga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati boʻyicha vakolatlari Agentlikka berildi.

 

Shuningdek, hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasining aхborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (yuridik shaхs tashkil etmagan holda) tashkil etildi, uning mablagʻlarini shakllantirish manbalari va ularni sarflash yoʻnalishlari belgilandi. 

 

Oleg Zamanov.