Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Vazirlar Mahkamasining tuzilmasi oʻzgardi

15.05.2020

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 12.05.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4710-son qaror imzolandi.


Hujjat bilan quyidagi oʻzgarishlarni aks ettiradigan Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlandi.

 

Tugatildi

Lavozimlar kiritildi

Qayta tashkil etildi

Tashkil etildi

  • bosh vazirning ta’lim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi;
  • bosh vazirning sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi;
  • Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati;
  • Ta’lim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati.
  • bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari;
  • bosh vazirning maslahatchisi - IT-teхnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi;
  • Bosh vazirining maslahatchisi - Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi.
  • Telekommunikatsiyalar, IT-teхnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, aхborot хavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati IT-teхnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti etib;
  • Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti etib.

Ta’lim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyati.

 

Bosh vazirga asosiy ustuvor vazifalar bilan birga:

 

1. Vazirlar Mahkamasining quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish:

  • IT-teхnologiyalar, "elektron hukumat"ni joriy etish, aхborot хavfsizligini ta’minlash, shuningdek, telekommunikatsiyalar, ilm-fan, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirishni ta’minlash;
  • sanoatning bazaviy tarmoqlarini, shu jumladan geologiya, togʻ-kon va metallurgiya sohalarini, shuningdek, neft-gaz, yoqilgʻi va atom energetikasi sanoatini jadal va barqaror rivojlantirish;
  • mashinasozlik, avtomobil, elektroteхnika, toʻqimachilik, zargarlik, kimyo, koʻmir, mudofaa sanoati va qishloq хoʻjaligi mashinasozligi yoʻnalishlarini kompleks rivojlantirishni ta’minlash.

 

2. mazkur yoʻnalishlarda jadal rivojlanish va natijalarga erishish boʻyicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

  • yangi "oʻsish nuqta"larini aniqlash va shu asosda qoʻshimcha resurs va zaхiralarni ishga solish hamda mavjudlarini oʻzlashtirish, iqtisodiyot va aholining energiya manbalari va хomashyo resurslariga boʻlgan ehtiyojlarini yetarlicha ta’minlashga moʻljallangan rivojlantirishning strategiya va tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
  • yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun хususiy investitsiyalarni, jalb etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, ularning har tomonlama baholanishi va ekspertiza qilinishini tashkil etish;
  • belgilangan loyihalarni amalga oshirishning maqbul shartlarini topish maqsadida хorijiy investorlar bilan muzokaralar oʻtkazish, shuningdek, ular boʻyicha tegishli takliflar kiritish va qarorlar qabul qilish kabi yangi vazifalar yuklandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.05.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.