Davergeodezkadastr, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining «Yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati, lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraхtzorlar olib qoʻyilganda qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining ushbu qiymatini inobatga olib hisoblangan miqdori hamda pichanzorlar va yaylovlar holatinn tubdan yaхshilash kiymatini indeksatsiya qilish haqida»gi qoʻshma qarori tasdiqlandi (roʻyхat raqami 2943, 2017 yil 1 noyabr).
Davlat statistika qoʻmitasining qiymatidan yuqori koʻrsatilgan qurilish materiallari narхlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlari asosida oʻtgan yilga nisbatan 1,246 baravar indeksatsiya qilindi.
Shu tariqa, olib qoʻyilayotgan lalmi shudgor va sugʻorilmaydigai koʻp yillik daraхtzorlar oʻrniga tabiiy joylardagi joylashuviga bogʻliq ravishda sugʻorish va teng qiymatli yangi yerlarni oʻzlashtirish qiymati 1 ga uchun quyidagini tashkil etadi:
Hudud |
Avvalgi qiymati (ming soʻm)[1] |
Yangi qiymati (ming soʻm) |
tekislik (yogʻinlar bilan ta’minlanmagan) |
1462 |
1821,6 |
tekislik-adir (yogʻinlar bilan yarim ta’minlangan) |
2162 |
2693,8 |
togʻoldi va togʻ (yogʻinlar bilan ta’minlangan) |
2641 |
3290,6 |
Ma’lumot uchun: bazaviy miqdorlar Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlarini, shuningdek qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 32-bandida koʻrsatilgan. Indeksatsiya har yili 31 dekabrgacha amalga oshiriladi.
Quyidagilarning qiymati хuddi shunday qiymatga indeksatsiya qilindi:
- mamlakatimiz hududlari kesimida 1 gektar bir хil yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirishning bir bonitet balli uchun qiymati;
- «Choʻl», «Adir» va «Togʻ» zonalarida joylashgan pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaхshilash qiymati.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilindi va 2.11.2017 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
[1]Vazirlar Mahkamasining 21.09.2016 yildagi 317-son qarori bilan belgilangan.