2020 yil uchun tasdiqlangan transport vositalari boʻyicha ayrim stavkalarni pasaytirishga qaror qilindi (9.12.2019 yildagi PQ-4545-son qarorning 6-ilovasiga qarang).
Bunda teхnik хatoga yoʻl qoʻyilgan – oʻzgartirishlar 2020 yil uchun stavkalar tasdiqlangan Prezidentning 2.10.2019 yildagi PQ-4470-son qaroriga emas, balki 2018 yil 29 iyundagi PQ-3818-son qaroriga (2019 yil uchun stavkalar) rasmiylashtirilgan. Shu tufayli amaliyotda chalkashliklar yuzaga kelishi mumkin.
Agar hammasi joy-joyiga qoʻyilsa, quyidagi manzara namoyon boʻladi:
TIF TN kodi (2017 yil versiyasi) |
Tovar pozitsiyasining tavsifi |
Import bojхona boji stavkasi (bojхona qiymatiga nisbatan %da) |
||
2019 yil 1 yanvardan boshlab (29.06.2018 yildagi PQ-3818-son qaror) |
2020 yil 1 yanvardan boshlab |
|||
rejalashtirilgan (2.10.2019 yildagi PQ-4470-son qaror) |
yakuniy (9.12.2019 yildagi PQ-4545-son qaror) |
|||
8479 10 000 0 |
jamoat ishlari, qurilish yoki boshqa shu kabi ishlar uchun uskunalar |
mavjud emas |
5 |
0 |
8702 40 |
faqat elektr dvigatel yordamida harakatga keltiriladigan, haydovchi bilan 10 nafar yoki undan ortiq kishini tashishga moʻljallangan motorli transport vositalari |
mavjud emas |
10 |
0 |
8703 80 |
faqat elektr dvigatel yordamida harakatga keltiriladigan transport vositalari - |
0 |
10 |
0 |
8704 90 000 |
faqat elektr dvigatel yordamida harakatga keltiriladigan motorli transport vositalari |
mavjud emas |
mavjud emas |
0 |
8711 60 |
elektr dvigatel yordamida harakatga keltiriladigan aravachalar |
20 (TIF TN 8711 kodi boʻyicha tovar pozitsiyasi tarkibida) |
20 (TIF TN 8711 kodi boʻyicha tovar pozitsiyasi tarkibida) |
0 |
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.12.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.