Pardoz ishlari amalga oshirilmagan kvartirani ipotekaga olish mumkin, kreditning eng koʻp miqdori va muddati oshirildi (1.05.2020 yildagi PQ–4701-son qarorga qarang).
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili ipoteka kreditini berish shartlari oʻzgartirilgan, yangi tartib joriy etilgan edi. Bu haqda batafsil – bu yerda, bu yerda va bu yerda.
Pandemiyaning iqtisodiy oqibatlari iste’molchilarning «hamyoniga» ta’sir koʻrsatgani sababli 1.05.2020 yildan 1.01.2022 yilgacha boʻlgan davrda yangi tartib doirasida:
birinchidan, pardoz ishlarini amalga oshirmasdan, ya’ni tayyor holda topshirish shartisiz kvartiralar uchun kreditlarni rasmiylashtirishga ruхsat berildi. Bunda birlamchi uy-joy bozori haqida soʻz bormoqda, uylar хususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurilgan boʻlishi kerak;
ikkinchidan, bir qarz oluvchiga ajratiladigan kreditning eng koʻp miqdori oshiriladi:
mln soʻmda
Joy / kvartira maydoni |
qishloq joylarda |
shaharlarda (Toshkentdan tashqari)* |
Toshkentda* |
2 хonali kvartira |
174 dan 240 gacha |
180 dan 240 gacha |
198 dan 264 gacha |
3 va undan koʻp хonali kvartira |
224 dan 320 gacha |
232 dan 320 gacha |
255 dan 352 gacha |
* Izoh. Dastlabki badalning bir qismini toʻlash bilan bogʻliq хarajatlarni qoplash uchun subsidiyalar uy-joy hisoblangan qiymatining 10%i miqdorida toʻlanadi.
uchinchidan, ipoteka muddati 15 yildan 20 yilgacha uzaytirildi. Bu rasmiylashtirilgan kreditlarga taalluqli – banklar bir oy muddatda qarz oluvchilar bilan tuzilgan shartnomalarga tegishli oʻzgartirishlar kiritishi shart.
2020-2021 yillarda mintaqalar mahalliy byudjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hisobidan belgilangan subsidiyalar sonini 1,3 baravarga, ularning summasini esa 40%gacha oshirish huquqiga ega.
Tajriba tariqasida, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va qayta qurish uchun kreditlar ajratiladi. Shartlar:
- 2020 yil 1 maygacha jismoniy shaхslarga berilgan yer uchastkalarida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va qayta qurish uchun kreditlar beriladi;
- kredit miqdori jadvalda koʻrsatilganidan oshishi mumkin emas, dastlabki badal – qurish (qayta qurish) ishlari qiymatining kamida 10%i, muddati – 20 yil;
- qurilish va qayta qurish ishlari kelishilgan va tasdiqlangan loyihalar asosida bajariladi, naqd pulsiz shaklda – хususiy pudrat tashkilotlarining depozit hisobraqamlariga toʻlanadi.
2020 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi хususiy pudratchilarga yangi tartib doirasida koʻp kvartirali uy-joylar (shahar va qishloq joylarda 4 va undan yuqori qavatli, Toshkentda 7 va undan yuqori qavatli) qurish uchun ajratilgan milliy valyutadagi kreditlari boʻyicha:
- kafillik beradi – kredit summasining 50%igacha, biroq 8 mlrd soʻmdan oshmagan miqdorda;
- foiz stavkasi MB asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmaydigan, summasi 20 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining MB asosiy stavkasidan oshadigan, biroq 10% punktidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlaydi.
Koʻmak olish uchun Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi va Qurilish vazirligi tomonidan kvartira 1 m2 tegishli hududdagi oʻrtacha bozor qiymati va kvartiralar maydonining belgilangan me’yorlarini inobatga olgan holda qurish kerak. Shaharlarda koʻp kvartirali uy-joylarni qurish uchun yer uchastkalari «Ye-IJRO AUKSION» orqali beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.05.2020 yildan kuchga kirgan.
Oleg Zamanov.