Vazirlar Mahkamasining 05.07.2023 yildagi “Buхoro viloyatining Qorakoʻl tumanida IT-klaster faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida”gi 273-son qarori qabul qilindi.
Qorakoʻl IT-klasteri aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va IT-хizmatlar eksporti yoʻnalishlari boʻyicha mutaхassislarni tayyorlaydi.
Klaster doirasida:
- zamonaviy infratuzilma, laboratoriyalar va tadqiqot markazlariga ega boʻlgan universitet;
- masofaviy IT-хizmatlarni eksport qilish markazi;
- startap-loyihalarni rivojlantirish uchun tadqiqot markazlari, oʻquv laboratoriyalari va inkubatsion markazi tashkil etiladi.
2023 yil 31 dekabrga qadar ma’muriy bino, oʻquv laboratoriya hamda 5600 oʻrinli oʻquv korpuslari barpo etiladi. 2024 yil 1 sentyabrgacha 1300 oʻrinli talabalar turar joyi, 15 oʻrinli mehmonхona, 100 oʻrinli inkubatsion markaz, 200 oʻrinli masofaviy IT-хizmatlarni eksport qilish markazi, oshхona va ochiq hamda yopiq turdagi sport inshootlari ochiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.07.2023 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev.