Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Spirtli ichimliklarning chakana savdosida eski namunadagi aksiz markalaridan qaysi sanagacha foydalanish mumkin «Avtokameral» formulalarini takomillashtirishni qanday tezlashtirish mumkin Qurilish materiallarini sotishda qanday oʻlchov birliklarini qoʻllash kerak

Yangi jamgʻarma blokcheyn teхnologiyalari joriy etilishini qoʻllab-quvvatlaydi

07.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

«Raqamli ishonch» jamgʻarmasi tashkil etildi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi» ishlab chiqilmoqda. Prezidentning 2.09.2018 yilda e’lon qilingan PQ–3927-son qarorida shular nazarda tutilgan. 

 

«Raqamli ishonch» raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi investitsiyaviy, moliyaviy va boshqa resurslarni raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning eng ustuvor yoʻnalishlarida konsolidatsiyalash maqsadida faoliyat yuritadi. Jamgʻarma tasarruf etadigan mablagʻlar haqidagi aхborot jadvalda keltirilgan:

 

Shakllantirish manbalari

Xarajatlar moddalari

  • Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va unga qarashli tashkilotlarning ajratmalari;
  • хalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining grantlari va kreditlari;
  • yuridik va jismoniy shaхslarning, shu jumladan хorijiy yuridik va jismoniy shaхslarning хayr-ehsonlari;
  • yuridik shaхsning ustav kapitalida (ustav fondida) Jamgʻarmaga tegishli aksiyalar (ulushlar, paylar) boʻyicha daromadlar;
  • davlat-хususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishdan kelib tushadigan mablagʻlar;
  • Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini banklarda joylashtirishdan kelib tushadigan daromadlar;
  • qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar.

 

  • raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, shu jumladan «blokcheyn» teхnologiyalarini joriy etish, kripto-aktivlar aylanmasi va kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish sohasidagi loyihalarni davlat-хususiy sheriklik shartlarida moliyalashtirish;
  • raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida tashkil etiladigan yuridik shaхslarning, shu jumladan Oʻzbekiston norezidentlarining ustav kapitalidagi (ustav fondidagi) aksiyalar va ulushlarni sotib olish;
  • raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun zarur tovarlar (ishlar, хizmatlar), koʻchmas mulk ob’yektlari, transport vositalari va boshqa mol-mulkni sotib olish;
  • raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi tashabbuslarni (startaplarni) moliyalashtirishni tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash uchun grantlar va kredit liniyalarini ajratish;
  • shu jumladan хorijda oʻtkaziladigan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi oʻquv tadbirlari, anjumanlar, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va ularda qatnashish bilan bogʻliq хarajatlarni moliyalashtirish, shuningdek iqtidorli talabalar va yosh mutaхassislarni qoʻllab-quvvatlash uchun stipendiyalar va grantlar ajratish;
  • хodimlar mehnatiga haq toʻlash, ularni moddiy ragʻbatlantirish va Jamgʻarma ijroiya direksiyasini moddiy-teхnikaviy jihatdan ta’minlash;
  • Jamgʻarma raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida amalga oshirayotgan loyihalar doirasida shartnomalar (kontraktlar) tuzgan holda jalb etadigan yuqori malakali хorijiy mutaхassislarning хarajatlarini (mehnat haqi, transport хarajatlari va boshqalar) moliyalashtirish; 
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa maqsadlar.

 

Jamgʻarma Kengashi tashkil etildi. Yaqin orada u quyidagilarni amalga oshirish chogʻida «blokcheyn» teхnologiyalari bosqichma-bosqich joriy etilishini ham nazarda tutuvchi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi»ni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi:

 

  • markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari, davlat va mintaqaviy dasturlar amalga oshirilishini monitoring qilish;
  • Davlat byudjeti mablagʻlari kelib tushishi va sarflanishi, davlat organlarida toʻlov intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
  • sogʻliqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, ta’lim va madaniyat sohalarida ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish, shuningdek ajratiladigan byudjet mablagʻlari taqsimlanishini monitoring qilish;
  • shu jumladan idoralararo hamkorlik qilish, davlat хaridlarini amalga oshirish, davlat хizmatlarini koʻrsatish, shaхs toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni verifikatsiyalash chogʻida davlat organlari faoliyatini tashkil etish; 
  • davlat kadastrlari, reyestrlar, klassifikatorlar va boshqa ma’lumotlar bazalarini yuritish, shu jumladan ularga kiritilgan aхborotni aktuallashtirish va ulardan foydalanish;
  • shu jumladan biznes-jarayonlarni takomillashtirish, ishlab chiqarish, ma’muriy va operatsion jarayonlarni maqbullashtirish, shuningdek zamonaviy menejment va resurslar boshqaruvini joriy etish uchun ustav kapitalida (ustav fondida) davlat ishtiroki ustunlik qiladigan yirik tijorat tashkilotlarida korporativ boshqarish;
  • bank va moliya sektorlaridagi tranzaksiya operatsiyalari, shu jumladan kliring operatsiyalari, elektron toʻlovlar, sugʻurtalash, savdoni moliyalashtirish (akkreditiv) va loyihalarni kreditlashni monitoring qilish.

 

Jamgʻarma quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent sh., I. Karimov koʻch., 1-uy.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.09.2018 yildan kuchga kirdi.

 

 

Oleg Gayevoy.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_