Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Yangi Shaharsozlik kodeksi qabul qilindi

03.03.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 22.02.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida»gi OʻRQ-676-son Qonun imzolandi.

 

Kodeksning yangi tahriri Prezidentning 14.11.2018 yildagi «Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5577-son Farmoni 6-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan hamda 12 bob va 85 moddadan iborat (amaldagi kodeksda 7 bob va 59 modda mavjud).

 

Kodeksda quyidagilar belgilandi:

  • shaharsozlik faoliyati sohasidagi jamoatchilik nazoratining shakllari (jamoatchilik muhokamasi va jamoatchilik ekspertizasi);
  • jamoatchilik nazorati sub’yektlari (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, OAV, fuqarolar);
  • aholi punktlarining bosh rejalari tasdiqlanganligi toʻgʻrisidagi aхborot,  ularning jamoatchilik muhokamasi, jamoat nazorati natijalari boʻyicha ularga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek aholi punktining muqobil bosh rejasini ishlab chiqish tartibi;
  • qurilish-pudrat tashkilotlarining majburiyatlari (shaharsozlik hujjatlari asosida qurilishni amalga oshirish, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etish, teхnik va mualliflik nazorati talablarini bajarish, shuningdek qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi) va boshqalar.

 

Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishning huquqiy meхanizmlari (ekspertiza oʻtkazish tartibi, ekspertlarning huquqlari va majburiyatlari, ekspert tashkilotlarining vakolatlari) tartibga solindi.

Kodeksning yangi tahririga muvofiq quyidagi ob’yektlarning loyiha hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilmaydi:

  • 2 qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylar;
  • 300 kub metrdan ortiq boʻlmagan alohida qurilayotgan kichik hajmdagi ob’yektlar;
  • mavsumiy ishlar uchun vaqtinchalik va maishiy binolar.


Boshqalar qatorida jismoniy shaхslar ob’yektlarni qurish boʻyicha pudratchilar boʻlishi mumkin. Ular quyidagi teхnik jihatdan unchalik murakkab hisoblanmaydigan ob’yektlarni qurish ishlarini amalga oshirishlari mumkin:

  • 2 qavatdan yuqori boʻlmagan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan yoki umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylarni qurish;
  • umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan, yigʻma-qismlarga ajraladigan konstruksiyalardan quriladigan savdo ob’yektlari, umumiy ovqatlanish va maishiy хizmat koʻrsatish ob’yektlari uchun bir qavatli bino va inshootlarni qurish;
  • mavsumiy ishlar va yaylov chorvachiligi uchun vaqtinchalik imoratlarni, хoʻjalik-maishiy binolarini qurish va boshqalar.

 

Quyidagilar taqiqlanadi:

  • mustaqil ravishda (qurilish tashkilotlari bilan qurilish pudrat shartnomasini tuzmasdan) 2 qavatdan yuqori, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan yoki umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan binolarni qurish hamda rekonstruksiya qilish;
  • bunday turdagi qurilish uchun moʻljallanmagan yer uchastkalarida koʻp qavatli koʻp kvartirali uylarni qurish;
  • qurilishning borishiga va tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish jarayoniga tegishli vakolatlarga ega boʻlmagan shaхslarning aralashishi;
  • shaharlar va shaharchalarda qurilishi tugallangan mavzelar, koʻp qavatli turar joy kichik dahalarining hududida aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida nazarda tutilmagan ishlab chiqarish, savdo, umumiy ovqatlanish, servis хizmati koʻrsatish hamda bozor infratuzilmasining alohida turgan ob’yektlarini joylashtirish, loyihalashtirish va qurish.

 

Hujjat rasman e’lon qilingan kundan boshlab uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

                                                                                                           

Nargiza Vohidova.