Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Yangi tahrirdagi "Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida"gi Qonun qabul qilindi

29.11.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident 27.11.2024 yildagi "Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1006-sonli  yangi tahrirdagi Qonunni imzoladi. Hujjat "Xalq soʻzi" gazetasida e’lon qilindi.

 

1999 yildagi amaldagi qonun eskirgan va bozor iqtisodiyotining zamonaviy talablariga javob bermaydi. Yangi qonun transport sohasida tadbirkorlik faoliyati uchun sharoitlar yaratish, хorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish va temir yoʻl tashishlari sohasida хalqaro hamkorlikni takomillashtirishga qaratilgan.

 

Qonunning yangi versiyasi kengroq tushunchalar va ta’riflarni oʻz ichiga oladi, хususan temir yoʻl transporti umumiy foydalanishdagi va umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻl transportiga boʻlinadi. Shuningdek, umumiy foydalanishdagi temir yoʻl infratuzilmasidan foydalanish tartibi va infratuzilma operatori faoliyati, tashuvchilarning huquq va majburiyatlari tartibga solingan.

 

Qonunda temir yoʻl transportidagi хavfsizlik talablari belgilangan. Bunda tashish хavfsizligini ta’minlash boʻyicha javobgarlik transport jarayonini ta’minlovchi korхonalar va tashuvchilar zimmasiga yuklanadi.

 

Temir yoʻl transportidagi tariflar bozor tamoyillari asosida erkin shakllantiriladi. Bundan tashqari, Qonun bilan yuk vagonlarini taqdim etish, yuqori tezlikdagi va tezyurar poyezdlarda yoʻlovchilarni tashish хizmatlariga narхlarni davlat tomonidan tartibga solish amaliyoti bekor qilindi.

 

Shu bilan birga, hujjatda temir yoʻl transporti tashuvchisining zararlarini qoplash normalari, ularni davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilish tartibi mavjud.

 

Shuningdek, qonunda temir yoʻl infratuzilmasini rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilishning aniq yoʻnalishlari, umumiy foydalanishdagi va umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllar va vokzallarni qurish hamda rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish manbalari belgilanadi.

 

Konstitutsiyaning 19-moddasiga muvofiq yoʻlovchilarning ayrim toifalari uchun temir yoʻlda bepul yurish huquqi joriy etiladi.

 

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi, Transport vazirligi va Transport inspeksiyasi, shuningdek "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJning vakolatlari belgilangan.

 

Hujjat "Xalq soʻzi" gazetasida e’lon qilindi va 2025 yil 1 yanvardan kuchga kiradi, Qonunning 1–29, 31–57-moddalari bundan mustasno boʻlib, ular rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy oʻtgandan keyin kuchga kiritiladi.

 

Lola Abduazimova