Prezident tomonidan 26.09.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 avgustdagi «Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-189-son Farmoniga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi PF-161-son Farmon imzolandi.
Hujjatga muvofiq, 2024 yil 1 yanvarga qadar yangi yuk tashuvchi transport vositalari (chiqindi tashish mashinalari va samosvallar) (TIF TN kodi 8704329209) import qilishda bojхona boji stavkasi 5% miqdorda oʻrnatiladi va ular utilizatsiya yigʻimidan ozod qilinadi.
Mazkur chora aholiga sanitar tozalash хizmatlarini koʻrsatayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.09.2023 yilda kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev