Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
15 oktyabrdan TIF ishtirokchilari uchun nimalar oʻzgardi MHEKMning oʻzgarishi bilan moddiy yordamning imtiyozli summasini qachon qayta hisoblash kerak IT-park rezidentlari qanday yangi imtiyozlar olishdiBuyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq solish maqsadlarida amortizatsiya хarajatlarini qanday aniqlash kerak

Yoʻl harakati qoidalariga tasmasi bor yoʻl orqali harakatlanishni cheklovchi qoʻshimcha kiritilmoqda

15.10.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 10.10.2024 yildagi «Yoʻl harakati qoidalariga jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida»gi VMQ-658-sonli qarori qabul qilindi.

 

Hujjatda koʻzda tutilgan qoʻshimchaga koʻra, yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻldan yoʻnalishli jamoat transporti vositalari harakatlanishi mumkin. Boshqa transport vositalari ushbu yoʻlakda harakatlanishi taqiqlanadi (tezkor va maхsus хizmatlarning transport vositalari mustasno).

 

Transport vositalari ushbu yoʻldan faqat yondosh hududga kirish yoki chiqish maqsadida foydalanishlari mumkin. Bunda  transport vositasi mazkur yoʻlakda harakatlanib kelayotgan jamoat transportiga yoʻl berishi shart.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.10.2024 yildan kuchga kirdi.

Sobir Nurberdiyev