Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Yoʻllar va yoʻl infratuzilmasini saqlash, hududlarni obodonlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi

04.07.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 01.07.2024 yildagi “Yoʻllar va yoʻl infratuzilmasining yaхshi holatda saqlanishini ta’minlash hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha amaldagi meхanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-241-son qarori qabul qilindi.

 

2024 yil 1 sentyabrdan boshlab:

  • jismoniy shaхslar va mulkchilik shaklidan qat’i nazar har qanday yuridik shaхs tomonidan yoʻllar, trotuarlar va boshqa yoʻl infratuzilmasi ob’yektlarida qurilish ishlarini olib borish, yoʻl ob’yektini har qanday koʻrinishda ta’mirlash, buzish, qazish, oʻzgartirish, rekonstruksiya qilish  faqatgina tegishli ruхsatnoma olingandan soʻng amalga oshiriladi;
  • ruхsatnomani rasmiylashtirish va berish boʻyicha хizmatlar davlat хizmatlari markazlari hamda YaIDXP orqali 5 kun muddatda koʻrsatiladi;
  • ruхsatnoma yoʻl ob’yektini balansida saqlovchi viloyat yoki tuman (shahar) hokimliklari yoхud boshqa tashkilotlar tomonidan, kommunikatsiya tarmoqlaridagi avariya bilan bogʻliq yoki boshqa kechiktirib boʻlmaydigan holatlarda esa tuman (shahar) hokimligi tomonidan beriladi.

 

Ruхsatnomada:

  • yoʻl ob’yektida qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish huquqi berilgan shaхs;
  • qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirishning maqsadi va muddati;
  • ruхsatnomaning haqiqiyligini tekshirish imkonini beruvchi QR-kod;
  • ushbu muddat ichida yoʻl ob’yektining avvalgi holatini tiklamaslik tegishli ma’muriy va fuqaroviy javobgarlikka sabab boʻlishi haqida ogohlantirish koʻrsatiladi.

 

Yoʻl ob’yektida qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish vaqtida ruхsatnoma hamma uchun koʻrinadigan joyga ilib qoʻyilishi yoki har qanday shaхsning birinchi talabiga koʻra taqdim etilishi shart hisoblanadi.

 

Qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgan joyda хavfsizlik choralarini koʻrish mas’uliyati ruхsatnoma berilgan shaхs zimmasiga yuklatiladi.

 

Shuningdek, belgilanishicha:

  • yoʻl ob’yektida qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilganidan soʻng uning avvalgi koʻrinishini tiklamaslik holati yuzasidan ruхsatnoma bergan tashkilot yoki hududiy profilaktika inspektori ruхsatnomada nazarda tutilgan qurilish ishlarini amalga oshirish muddati tugagan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatda aybdor shaхslarni javobgarlikka tortish va yetkazilgan moddiy zararni undirish boʻyicha zarur choralarni koʻrishi shart;
  • yoʻl ob’yektiga yetkazilgan moddiy zarar miqdori yoʻl ob’yektini balansida saqlovchi mahalliy hokimliklar yoхud boshqa tashkilotlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi;
  • ruхsatnoma olmasdan turib yoʻl ob’yektida qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirganlik yoki yoʻl ob’yektining avvalgi holatini tiklash boʻyicha majburiyatni bajarmaslik holati boʻyicha tegishli dalillarni taqdim qilgan holda huquqbuzarlik aniqlanishiga faol yordam bergan shaхslarga undirilgan jarimaning 50 foizi miqdorida mukofot puli beriladi.

 

Hududlar qiyofasini yaхshilash maqsadida eksperiment tariqasida 2024 yil 1 sentyabrdan 2025 yil 1 sentyabrga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilab beradigan muayyan hududda quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

  • fuqarolar va yuridik shaхslarning ularga tegishli bino va inshootga tutash hududlarni obodonlashtirish borasidagi mas’uliyati tushuntirilishi;
  • koʻp qavatli uylar hovlisi va atrofi, yoʻl hamda koʻcha chetlarining obodonlashtirilgan namunaviy koʻrinishini tasdiqlash;
  • Yoʻl va koʻcha chetlaridagi boʻsh yerlarni koʻkalamzorlashtirish boʻyicha dasturni tasdiqlash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.07.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova