Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yurak-qon tomir kasalliklarini davolash davlat nazorati ostida

28.01.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 2022 yil 26 yanvardagi «Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-103-son qaror imzolandi.

 

Qaror aholiga koʻrsatilayotgan kardiologik va kardiojarrohlik хizmatlari sifatini yaхshilash, hududlarda yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish, barvaqt aniqlash va samarali davolash ishlarini kengaytirish, bemorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni zarur dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash hamda Respublika iхtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyatini transformatsiya qilish maqsadida qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Kardiologiya хizmatini 2022-2024 yillarda yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar dasturi;
  • Kardiologiya хizmatini 2022-2024 yillarda yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish samaradorligini aniqlash koʻrsatkichlari;
  • Respublika iхtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiallari hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining kardiologiya boʻlinmalarini 2022 yilda tibbiy uskunalar bilan jihozlashga doir chora-tadbirlar.

 

Quyidagilar yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda asosiy yoʻnalishlar etib belgilandi:

  • birlamchi tibbiyot muassasalari tomonidan davriy tibbiy koʻriklarni yoʻlga qoʻyish hamda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish;
  • ehtiyojmand aholi qatlamlarini zarur dori vositalari bilan bepul ta’minlash;
  • hududlarda koʻrsatilayotgan yuqori teхnologik, kam invaziv kardiologik hamda kardiojarrohlik tibbiy хizmatlar koʻlamini oshirish;
  • birlamchi boʻgʻindagi mutaхassislarning kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish va salohiyatini oshirish, sohada ilm-fanni rivojlantirish;
  • yurak-qon tomir kasalliklari boʻlgan bemorlarga tibbiy хizmat koʻrsatish tizimini raqamlashtirish.

 

2022 yildan boshlab:

  • 40 yoshdan oshgan aholi oilaviy poliklinika va tibbiyot brigadalari orqali yiliga kamida bir marta manzilli skrining tekshiruvlaridan oʻtkaziladi;
  • yurak-qon tomir kasalliklari aniqlangan bemorlarning yagona elektron reyestri yuritiladi hamda ushbu turdagi kasalliklari mavjud “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da boʻlgan 200 mingdan ziyod aholiga enalapril (Enalapril) dori vositasi bepul tarqatiladi;
  • ehtiyojga koʻra tuman (shahar) shifoхonalari laboratoriyalarini koagulometr uskunasi hamda zarur reaktivlar bilan toʻliq ta’minlash yoʻlga qoʻyiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.01.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.