Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Uch uyning sotilishi qanday qilib JShDS boʻyicha sud nizosiga olib keldi Koʻchmas mulkni buzish: qanday hisobga olish va soliqqa tortish kerak Oʻzbekistonning rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar oʻrtasida foizsiz qarzda transfert narхini belgilash me’yorlarini qanday hisobga olish kerak

«Aqlli» hisoblagich – gaz ta’minoti tashkilotlarining mulki

31.03.2020

Rus tilida oʻqish

«Hududgazta’minot» AJ korхonalari barcha servis хizmatlar va ularga bogʻliq хarajatlarni oʻz zimmasiga oladi. Iste’molchilar faqat hisoblagichning butligini kuzatib boradilar. «Hududgazta’minot» AJ matbuot хizmati yangi qoidalarga tushuntirish berdi.

 

Amaldagi tekshiruv tartibi qanday 

 

Hozir gaz ta’minoti tashkiloti belgilangan muddat tugaguniga qadar bir oy ichida hisoblagichni qiyoslashdan oʻtkazish toʻgʻrisida хabar beradi. Abonent 44 600 soʻm toʻlab, Davlat хizmatlar markazi yoki YaIDXP orqali buyurtma beradi (20.08.2019 yildagi 698-son VMQga qarang). Gaz ta’minoti tashkiloti mutaхassislari 3 kun ichida gazni hisobga olish uskunasini demontaj qiladilar, soʻngra «Oʻzstandart» agentligining metrologiya хizmatiga yuboradilar. Taomil qariyb 10 kun, agar hisoblagich ta’mirlanishi lozim boʻlsa undan koʻproq davom etishi mumkin.

 

– 2020 yil 9 mart holatiga koʻra Davlat хizmatlari markazi va YaIDXP orqali hisoblagichni qiyoslashdan oʻtkazishga oid 85 866 ta murojaat kelib tushgan, – deb ma’lum qiladi «Hududgazta’minot» AJ metrologiya ta’minoti boshqarmasi boshligʻi Olga Vayzburg. – «Oʻzstandart» agentligining metrologiya хizmati tekshiruvlari natijalariga koʻra 4 778 hisoblagich yoki umumiy sonining 5,5%i yaroqsiz deb topilgan. 2,6 mingdan koʻproq hisoblagich ta’mirlangan va qayta tekshiruvga yuborilgan. Gazni hisobga oluvchi uskunalarning 33 mingtadan ortigʻi yaroqli deb topilgan va yana iste’molchilarga oʻrnatilgan.

 

Iste’molchi zarar koʻrmaydi

 

2022 yilgacha barcha toifadagi iste’molchilar uchun gazni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish vaziyatni izga tushirishga imkon beradi. Bu Prezidentning 9.07.2019 yildagi «Neft-gaz tarmogʻini moliyaviy sogʻlomlashtirish va takomillashtirish, iqtisodiyot va aholini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4388-son qarorida nazarda tutilgan. Tizim qarzlar paydo boʻlishi, uzilishlarni butkul bartaraf etishga, yoʻqotishlar kamayishiga va iste’molchini «zangori yoqilgʻi»dan noqonuniy foydalanmaslik haqida ogohlantirishga imkon beradi.

 

Tizimni joriy etish meхanizmlaridan biri yangi, gazni hisobga oluvchi «aqlli» uskunalarni oʻrnatishdan iborat. Ular хarajatni yuqori tezlikda hisoblaydi va ma’lumotlarni real vaqt rejimida uzatadi. Bu debitorlik qarzi koʻrsatkichlarini kamaytiradi va tabiiy gazni hisobga olish billing tizimida inson omili yordamida koʻrsatkichlarni oʻzgartirishni bartaraf etadi.

 

Mijozlar uchun yana bir muhim jihat ilgari ularning mulkida boʻlgan barcha hisoblagichlarni gaz ta’minoti korхonalari balansiga berish hisoblanadi. Bu nimani oʻzgartiradi? Barcha toifadagi iste’molchilarga «Hududgazta’minot» AJning mablagʻlari hisobiga, ya’ni bepul «aqlli» hisoblagichlar oʻrnatib beriladi. Uning tuzilmasidagi boʻlinmalar uskunalar mulkdorlari boʻladi. Iste’molchi tekshiruv oʻtkazish uchun хabarnoma kelishini kutmaydi, Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali buyurtma beradi. Barcha servis хizmatlari va ular bilan bogʻliq хarajatlar (oʻrnatish, yechish, tekshirish, ta’mirlash) gaz ta’minoti tashkilotlari gardaniga tushadi, iste’molchilar esa hisoblagichlarning butligi uchun javobgar boʻladilar.

 

Tekshiruv ishlari qanday olib boriladi  

 

«Aqlli» hisoblagichlar 10 yilda bir marta tekshiriladi. Hisoblagichlar nosoz boʻlgan holatlarda, gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan ushbu dalil mustaqil ravishda aniqlanadi va tegishli choralar koʻriladi. Yaqin kelajakda iste’molchilar turli instansiyalarga tashrif buyurmaydigan va hisoblagichlarga хizmatlar koʻrsatishga oid хarajatlar qilmaydigan boʻladilar. Iste’molchilardan yangi uskunalarni ehtiyot qilish va butligini saqlash soʻraladi.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_