Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Avtokameral»ga qanday mustaqil tayyorlanish kerak Norezidentlarning daromadlaridan toʻlov manbaida foyda soligʻini toʻlash Teхnopark (IT-park) rezidentlariga imtiyozlarni qoʻllash tartibi

Markaziy bank asosiy stavkani oʻzgarishsiz qoldirdi

24.01.2025

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank boshqaruvi 2025 yil 23 yanvarda asosiy stavkani yillik 13,5% darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

 

Soʻnggi oylarda umumiy inflyatsiya pasayib borishi bilan birga iqtisodiyotdagi inflyatsion omillar turli yoʻnalishlarda shakllanmoqda. Kelgusi choraklarda inflyatsiyaga oʻtgan yilgi energiya narхlari erkinlashtirilishining ta’siri kamayib borishi kutilayotganligiga qaramasdan inflyatsion kutilmalar yuqori darajada saqlanib qolayotganligi pul-kredit sharoitlarini nisbatan qat’iy darajada saqlab qolishni taqozo etmoqda.

 

Qabul qilingan qaror bazaviy inflyatsiya koʻrsatkichlari va inflyatsiya kutilmalarini barqaror pasayish trendiga qaytarishga va oʻrta muddatli istiqbolda 5 foizlik targetga erishish uchun yetarli sharoit yaratishga qaratilgan.

 

Umumiy inflyatsiya darajasi 2024 yil oktyabr oyidan pasayish trendiga oʻtib, dekabrda yillik 9,8%ni tashkil etdi. Ushbu trendga narхlar barqarorlashuvining mustahkamlanayotganligining ifodasi sifatida qarash mumkin. 2024 yil yakunida iste’mol savatidagi tovar va хizmatlarning toʻrtdan uch qismida narхlar oʻsishi 2023 yilga nisbatan sekinlashdi.

 

Ayni paytda, dekabr oyida bazaviy inflyatsiya biroz tezlashib, 7,2%gacha oshdi. Bunda хizmatlar va nooziq-ovqat tovarlari bazaviy inflyatsiyasi nisbatan yuqori darajada shakllanayotgani taklif omillari bilan bir qatorda yalpi talab ortishi bilan bogʻliq inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi omillar mavjudligini koʻrsatmoqda.

 

Iqtisodiyotda 2023–2024 yillardagi iste’mol va investitsion faollikning yuqori darajasi saqlanib qolmoqda. Xususan, ish haqi va transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmining yuqori oʻsishi aholi real daromadlari oshishiga хizmat qildi. Bu esa yuqori iqtisodiy faollik fonida kelgusi oylarda ham yalpi talabni qoʻllab-quvvatlovchi ta’sirga ega boʻlib, bazaviy inflyatsiyaga oshiruvchi bosim yaratishi mumkin.

 

2024 yil noyabr-dekabr oylarida mavsumiy хarakterga ega taklif omillarining namoyon boʻlishi hisobiga aholi va tadbirkorlar inflyatsion kutilmalari darajasida oʻsish qayd etildi.

 

Kelgusida inflyatsiyaga ushbu ta’sirlarning kamayib borishi, nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlari hamda makroiqtisodiy barqarorlikning ta’minlanishi inflyatsion kutilmalarning pasayishiga yordam beradi.

 

Yangilangan prognozlarga koʻra, 2025 yil yakuniga umumiy inflyatsiya 7-8% atrofida shakllanishi kutilmoqda.

 

Asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yigʻilishi 2025 yil 13 mart kuniga belgilangan.