E’tibor bering! Tushuntirish 2023 yil 30 apreldan kuchga kiradigan yangi MK asosida tayyorlangan.
Bu masala ikki me’yoriy hujjat – Mehnat kodeksi va Ishlaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilganligi uchun har oylik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan tartibga solingan. Ammo shunga qaramay, nafaqa avtonom ravishda yoki faqat хodima bola parvarishi boʻyicha ta’til rasmiylashtirayotganda tayinlanadimi, aniqlik yoʻq. Afsuski yangi MKda ham bu masalada oʻzgarish boʻlmadi.
Ishlarning hozirgi holatini hisobga olgan holda qanday harakat qilish kerakligiga ekspert va «Norma» kadrlar хizmati rahbari Valeriya LYaNDRES izoh berdi:
Vaziyat: homiladorlik va tugʻish ta’tilida boʻlgan хodima, u tugagandan soʻng, ilgari foydalanilmagan barcha mehnat ta’tillaridan foydalanmoqchi. Keyin esa – bola parvarishi boʻyicha ta’tilni rasmiylashtirib, toʻliqsiz ish kuni sharoitida yoki masofadan turib ishlamoqchi.
Qaysi vaqtdan boshlab unda bola parvarishi boʻyicha nafaqa olish huquqi kuchga kiradi – homiladorlik va tugʻish ta’tili tugaganidan keyinmi yoki bola parvarishi boʻyicha ta’til rasmiylashtirilgan paytdan boshlabmi, bu holatda – mehnat ta’tili tugagandan soʻngmi?
U bola parvarishi ta’tili davrida ishlab turib bir vaqtning oʻzida ham nafaqa olib, mehnat ta’tiliga chiqishga haqlimi?
Davomini kadrovik.uz. da oʻqing.
Podrobneye: https://www.norma.uz/uz/bizning_sharhlar/ish_beruvchi_ishdan_bushatish_nafaqasini_tulashi_shart_bulgan_holatlar