Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻlovchi guvohnomasini olishdan oldin bojхonada toʻlangan QQSni hisobga olish mumkinmi Xarid qilish dalolatnomasini elektron shaklda rasmiylashtirish shartmi Asosiy vositalarning amortizatsiyasi hisob-kitobi ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak Hisob-fakturani taqdim etish «kechiksa», qanday birlamchi hujjat tuzish kerak

Saylov kampaniyasi boshlandi

20.09.2019

Rus tilida oʻqish

Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kunini belgiladi – 22 dekabr.

 

Majlisda saylov kampaniyasi 2019 yil 20 sentyabrda boshlanishi e’lon qilindi, shuningdek saylovni oʻtkazish boʻyicha asosiy tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

 

Saylovlar yangi Saylov kodeksiga muvofiq oʻtkaziladi. Beshta siyosiy partiya oʻz nomzodlarini ilgari surish huquqiga ega. Bular – “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va Oʻzbekiston Ekologik partiyasi.

 

Saylov kodeksiga binoan endilikda siyosiy partiyalar Qonunchilik palatasiga boʻlajak saylovlarda 135 emas, balki toʻliq 150 saylov okrugidan nomzod koʻrsatish huquqiga ega boʻldi. Oʻzbekiston Ekologik harakatiga berilgan kvota chiqarib tashlangani partiyalararo raqobatni kuchaytirishga хizmat qiladi.

 

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_