Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisida Senatning oʻttiz oltinchi yalpi majlisini 2022 yil 27 dekabr kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Muhokama qilinadigan masalalar sirasiga – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston хalqiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan ustuvor yoʻnalishlar kiradi.
Shuningdek quyidagi qonunlar koʻrib chiqiladi:
- «2023 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»;
- «2022 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida»;
- «Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida»;
- «Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida»;
- «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash toʻgʻrisida»;
- «Teхnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida»;
- «Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida mahkumlarni topshirish toʻgʻrisidagi bitimni (Toshkent, 2022 yil 29 mart) ratifikatsiya qilish haqida»;
- «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida».
Yalpi majlis doirasida Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash ham nazarda tutilgan.