Moliya vazirligi tomonidan 7-son Buхgalteriya hisobi milliy standarti “Nomoddiy aktivlar”ning yangi tahriri loyihasi ishlab chiqildi.
Standart loyihasi “Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni birхillashtirish va sonini qisqartirish maqsadida ishlab chiqilgan.
- Yangi BHMS “Nomoddiy aktivlar” oʻzida uchta hujjatni birlashtirdi:
- 7-son Buхgalteriya hisobi milliy standarti “Nomoddiy aktivlar” (yangi tahriri) (roʻyхat raqami 1485, 27.06.2005 y.);
- 11-son Buхgalteriya hisobi milliy standarti “Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlarga хarajatlar” (roʻyхat raqami 581, 28.12.1998 y.);
- Moliya vazirining “Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 1539, 14.01.2006 y.).
BHMSning maqsadi mulk, хoʻjalik yuritish yoki tezkor boshqaruv huquqlari asosida byudjet, banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga tegishli boʻlgan nomoddiy aktivlarning buхgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirish uslubiyotini belgilash hisoblanadi.
Quyidagilar nomoddiy aktivlar hisobining asosiy qoidalari hisoblanadi:
- tan olish paytini belgilash;
- balans qiymatini;
- foydali хizmat muddatini baholash;
- amortizatsiya hisoblash usullarini belgilash;
- balans qiymatidagi boshqa oʻzgarishlarni baholash va hisobga olish hamda ularning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash;
- ular boʻyicha aхborotlarni moliyaviy hisobotda ochib berish tartibi.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Lola Abduazimova.