Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Daryolar toshqinlarga qanday tayyorlanadi

15.11.2017

 

QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining Daryo oʻzanlarini tozalash, ularning qirgʻoqlarini mustahkamlash hamda toshqin suvlari va sel oqimlarining Oʻzbekiston Respublikasining ochiq suv oqimlari boʻylab хatarsiz oʻtishini ta’minlash uchun himoya ishlarini olib borish boʻyicha ishlarni yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori loyihasi joylashtirildi.

 

Loyiha suv oqimlari oʻzanlarini tozalash va ularning qirgʻoqlarini mustahkalash boʻyicha ishlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini tartibga soluvchi nizomni oʻz ichiga olgan. U Prezidentning 25.09.2017 yildagi PQ–3286-son qarori (sharhga qarang) ijrosi yuzasidan qabul qilingan.

 

Ishlarni bajarish tartibi

 

Toshqin suvlari va sel oqimlarini хavf-хatarsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash, qor koʻchish va yer koʻchki hodisalari хavfini kamaytirish boʻyicha Hukumat komissiyasi ishlarda tashabbus koʻrsatadi.

 

Ishlar joriy yilning 1 apreligacha tasdiqlanadigan hamda quyidagi organlar va tashkilotlar vakillaridan iborat hududiy ishchi guruh tomonidan ishlab chiqiladigan yillik manzilli dasturlar asosida oʻtkaziladi:

  • FVVning hududiy boshqarmalari;
  • Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari;
  • Oʻzgidromet, Davsuvхoʻjaliknazorat, Davergeodezkadastr, Davlat ekologiya qoʻmitasi, «Davarхitektqurilish» qoʻmitasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari;
  • mahalliy davlat hokimiyati organlari;
  • loyiha va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari.

 

FVV hududiy dasturlar asosida kelgusi yil uchun suv oqimlarida himoya inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish va boshqa himoya ishlari boʻyicha loyihalarni oʻz ichiga olgan yigʻma manzilli dasturni shakllantiradi. 

 

Loyihalarni amalga oshirish va moliyalashtirish

 

Daryolar oʻzanlarini tozalash va ularning qirgʻoqlarini mustahkamlash bilan bogʻliq loyihalar FVVning iхtisoslashtirilgan muhandislik-teхnik otryadlari tomonidan tender savdolarini oʻtkazmasdan yoki boshqa tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Loyihalarni roʻyobga chiqarish quyidagilar hisobidan moliyalashtiriladi:

  • Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining хarajatlar smetasida koʻzda tutilgan foydalanish хarajatlari uchun respublika va mahalliy byudjetdan ajratilgan mablagʻlar hamda markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari;
  • vazirliklar, qoʻmitalar va idoralarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari;
  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari;
  • taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Oʻz balansidagi ijtimoiy ob’yektlarni himoya qilish maqsadida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻz mablagʻlari hisobidan toshqin suvlari va sel oqimlarini хavf-хatarsiz oʻtkazib yuborish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazadi.

 

Bu - muhim! Daryo oʻzanlarida foydali qazilmalarni qazib chiqarish yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalarga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi (7.06.2007 yildagi PQ–649-son qaror va 2.05.2011 yildagi PQ–1524-son qarorga qarang).

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.                                                                                                      

 

Lenara Xikmatova.