Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tadbirkorlar qadoqlangan meva va sabzavotlarni realizatsiya qilishda qanday yangi imtiyozlarga ega boʻladilar Tovarni qaytarishda barcha muddatlar oʻtgandan soʻng qanday EHF taqdim etish kerak Foyda soligʻining nol darajali stavkasini qanday qoʻllash hamda soliq hisobotida aks ettirish kerak
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • Ish beruvchilarga zoʻravonlikdan jabrlangan ayollarni ishga qabul qilish majburiyati yuklanishi mumkin

Ish beruvchilarga zoʻravonlikdan jabrlangan ayollarni ishga qabul qilish majburiyati yuklanishi mumkin

05.08.2024

Rus tilida oʻqish

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi "Aholi bandligi toʻgʻrisida"gi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun QHTBT portaliga joylashtirilgan.

 

Qonun loyihasida ish beruvchilarga davlat organlari va tashkilotlariga murojaat asosida tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan, tegishli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan ayollarni ishga qabul qilish boʻyicha ijtimoiy majburiyat yuklash koʻzda tutilgan.

 

Xususan, boʻsh ish oʻrinlari mavjud boʻlgan taqdirda, "Inson" ijtimoiy хizmat markazlarining murojaati asosida mahalliy mehnat organlari tomonidan ishga yuborilgan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan ayollarni ishga qabul qilishni asossiz rad etgan ish beruvchilarning javobgarligini belgilovchi normalarni kiritish taklif etilmoqda.

 

Bundan tashqari, "Inson" markazlarining murojaati asosida mahalliy mehnat organlariga roʻyхati taqdim etilgan, tegishli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan ayollarni oʻzlarining arizasisiz mahalliy mehnat organlarida ish qidirayotgan  shaхslar toifasiga kiritish tartibi joriy etilmoqda.

 

Loyiha QHTBT portaliga 16.08.2024 yilgacha joylashtirilgan, u oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova