Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

NHHlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish sifati oshiriladi

07.10.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

 

Normativ-huquqiy hujjatlarni “korrupsiyadan хoli qonunchilik” tamoyili asosida ishlab chiqish hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish tartibini joriy etish quyidagilarni nazarda tutadi:

  • amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni toʻliq korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish;
  • NHHlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishda jamoatchilik, ilmiy tashkilotlar va mustaqil ekspertlarni keng jalb qilish;
  • normativ hujjat loyihasini ishlab chiqishda ishlab chiquvchi tomonidan korrupsiyaviy omillarni aniqlash boʻyicha savolnoma toʻldirilishi. U mavjud boʻlmagan taqdirda ekspertizadan oʻtkazilmaydi, NHH loyihalari ishlab chiquvchilarga qaytariladi.

 

Hujjat bilan quyidagilarni tasdiqlash rejalashtirilmoqda:

  • 2021-2026 yillarda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish reja-grafigi;
  • davlat organlari va tashkilotlarining NHHlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish faoliyatini baholash mezonlari.

 

2022 yildan boshlab amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish rejasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.