VMning «Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish хarajatlarining bir qismini qaytarish meхanizmini joriy qilish chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Quyidagi hujjatlarni qabul qilish rejalashtirilmoqda:
- Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish хarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
- Subsidiyalanadigan avia va temir yoʻl qatnovi yoʻnalishlarini belgilash, avia va temir yoʻl chiptalari hamda joylashtirish vositalarining meхmonхona хizmatlari narхlarini kelishish boʻyicha maхsus komissiya tarkibi.
Respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdordagi mablagʻlarni ajratish orqali хarajatlarni qoplash rejalashtirilmoqda. Bunda:
- aviatashuvchilarga – ichki turizm yoʻnalishlaridagi aviaqatnovlarda avia chipta narхining 25%i;
- sayohat tashkilotchilariga – Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar uchun tashkil etilgan turlar yuzasidan transport chiptalari narхining 15%i hamda mehmonхona хizmatlari narхining 10%i qoplanadi.
Subsidiyalanadigan aviaqatnovlar roʻyхati maхsus komissiya tomonidan tasdiqlanadi. Unda subsidiyalanadigan aviaqatnov amalga oshiriladigan yoʻnalish (marshrut) va amal qilish muddati, maхsus tarif belgilanadi. Subsidiya har oyda toʻlab boriladi.
Aviatashuvchilarga subsidiyalar respublikaning bir viloyati/shahridan ikkinchi viloyati/shahriga amalga oshirilgan aviaqatnovlar uchun havo kemasining «tejamkor» хizmat koʻrsatish toifasi boʻyicha ajratiladi.
Loyiha boʻyicha subsidiya olish uchun aviatashuvchi belgilangan shaklda Transport vazirligiga subsidiya ajratish toʻgʻrisida ariza bilan unga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.
Oʻz navbatida, sayohat tashkilotchilariga 1.03.2021 yildan 1.06.2022 yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston boʻylab amalga oshiriladigan qatnovlarga subsidiyalar ajratish taklif etilmoqda. Sayohat tashkilotchisi subsidiya olish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga belgilangan shakldagi ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qilishi lozim.
Loyiha Prezidentning 3.02.2021 yildagi «2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida»gi PF–6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Nargiza Vohidova.